Yevrosiyo kun tartibi - 25 (2024)
Dasturimizning bugungi sonida, Yevrosiyo hududida joylashgan davlatlarning parlamentlararo hamkorligi haqida so‘z qilamiz.
2024 - yilning 3 - iyuni kuni Olmaota shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Parlament assambleyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sun’iy intellekt texnologiyalari masalasi muhokama qilingan ushbu yig‘ilishda tashkilot tarkibidagi davlatlarning parlament raislari ishtirok etdilar. Tashkilot tarkibida qolib – qolmasligi mubohasa qilingan Armaniston parlamenti raisi yig‘ilishda qatnashmadi. Unda, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Parlament assambleyasi yig‘ilishlarining muntazam ravishda o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev, yig‘ilishga kelgan parlament raislarini qabul qildi.
Qozog‘istonning davriy raisligi munosabati bilan Olmaotada Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti yig‘inlari o‘tkazilmoqda. Olmaota shahrida 2024 - yilning 6 - iyuni kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Milliy xavfsizlik kengashi Bosh kotiblari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yana Olmaota shahrida 2024 - yilning 31 - mayi kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Mudofaa vazirlarining uchrashuvi o‘tkazildi.
Ozarbayjon poytaxti Bokuda 2024 - yilning 5 – 6 iyuni kunlari TurkPAning 13 - Bosh assambleyasi boʻlib oʻtdi. «Turk dunyosining yashil ufqlari: Yashil kun tartibini amalga oshirishda parlamentlarning o‘rni» deb nomlangan Bosh assambleya yig‘ilishida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, O‘zbekiston parlament raislari va Vengriya parlament raisi o‘rinbosari ishtirok etdilar. Unda Turkiy davlatlar tashkiloti, Xalqaro Turkiy akademiyasi, Turkiy madaniyati va merosi fondi va TURKSOY rahbarlari ham ishtirok etdilar. Yig‘ilish yakunida Boku deklaratsiyasi qabul qilindi. Parlament raislari jurnalistlar uchun matbuot anjumani uyushtirdilar. TurkPAning navbatdagi Bosh assambleyasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv doirasida parlament raislari oʻrtasida ikki tomonli uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi. Ozarbayjon bilan O‘zbekiston parlamentlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi parlamenti raisi Zorlu To‘re bilan uchrashdi.
TurkPA Bosh Assambleyasi doirasida birinchi marotaba Turkiy Respublikalar parlamenti bosh kotiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, 5 - iyun kuni TurkPA 3 - Ayol deputatlar yig‘ilishi va TurkPA 3 - Yosh parlamentariylar yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev TurkPA Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Bokuga kelgan mehmonlarni qabul qildi. Prezident Aliyev unda so‘zlagan nutqida «Bir kun kelib dunyoning barcha muammolari Turkiy Davlatlar Tashkiloti bilan maslahatlashib hal qilinadi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
TurkPA tarkibidagi davlatlarning parlamentlarning tegishli qoʻmitalari oʻz majlislarini uzluksiz oʻtkazmoqda va qoʻmita yigʻilishlariga yana biri ilova etilmoqda. Joriy 2024 - yilning 22 - mayi kuni Anqarada TurkPA tarkibidagi davlatlarning parlamentlari Mudofaa komissiyalari rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
***
2024 - yilning 10 - iyuni kuni Dushanbe shahrida Xalqaro parlament forumi boʻlib oʻtdi. Yoshlar uchun suv resurslari va demografik barqarorlik mavzusida o‘tkazilgan mazkur forumda 20 ta davlatdan vakillar ishtirok etdi.
Voqealardan ham ko‘rinib turganidek, Yevroosiyo geografiyasida parlamentlararo hamkorlik chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik bir qator moneliklarga duchor boʻlmasligi, hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga bog‘liqdir. Shu bois parlamentlararo va parlament assambleyalari faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Aloqador xabarlar
Yevrosiyo kun tartibi-49
Dasturimizning bugungi sonida Turkiy Respublikalar kun tartibidagi muhim voqealarga to‘xtalamiz.