Reklama olamining yangi bozori ro‘yo muhandisligi

Qiziqarli ma’lumotlar dasturinnig bugungi sonida reklama olamining yangi bozori, orzu muhandisligi haqida so‘z qilamiz.

1968638
Reklama olamining yangi bozori ro‘yo muhandisligi

Texnologiya olamidagi eng katta ilhom manbalaridan biri, shubhasiz, kino sanoatidir. Bugungi kunda yaqin o‘tmishdagi ilmiy - fantastika, fan, haqiqatga aylanishda davom etmoqda. Kristofer Nolan tomonidan yozilgan “Inception” filmi bu janrning oxirgi namunalaridan biri bo‘lishi mumkin.

Film syujeti yodingizda bo‘lsa kerak? Leonardo Dikaprio o‘ynagan Kobb obrazi, juda iste’dodli o‘g‘ri edi.

Ammo, u o‘g‘rilik qilgan joy na bank, na muzey na bozor...

U, zehn eng himoyasiz holatda bo‘lganida ya’ni tush ko‘rayotganida insonlar ongidan ma’lumotlarni o‘g‘irlar edi.

Ammo uning o‘z tajribasini namoyish etishi kerak bo‘lgan narsa bu, bir inson ongidan uning fikrini o‘g‘irlash emas, yangi fikrni joylashtirish yoki uning fikrini o‘zgartirishdan iborat.

Xo‘sh, bu film qanday qilib haqiqatga aylanishi mumkin?

Milliy Razvedka tashkiloti faoliyatlaridan ilhom oldi

Iddiolar, Milliy Razvedka tashkiloti, Garvard va Montreal universitetlari nomidan 3 nafar tadqiqotchi qalamga olgan 1 maqola kun tartibiga olib chiqildi.

Biroq bu tadqiqotlar, tush ko‘rish biron nima o‘rganishga qanday ta’sir qilishini tekshirish; shikastlanishdan keyingi stress buzilishi yo‘l ochgan qorqinchli tushlarni yana-da chuqurroq anglab yetish va uni davolash uchun amalga oshirilmoqda.

Hech bo‘lmaganda berilgan “rasmiy bayonotlar” shunday demoqda.

Reklama kompaniyalari yaqindan kuzatib bormoqda.

Maqola mualliflaridan ikkitasi, Milliy Razvedka tashkiloti tomonidan dizayn qilingan ushbu qurilmani ishlab chiqargan jamoada faoliyat yuritmoqda.

Ajablanarlisi shundaki, marketing firmalari ro‘yo muhandisligiga qiziqmoqda.

Aytilishicha, firmalar uyqu va ro‘yo qaroqchiligi orqali sotib olish xatti-harakatlarini o‘zgartirish va manipulyatsiya qilishning yangi usullarini ochiq-oydin sinovdan o‘tkazmoqda.

Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ro‘yo mazmuniga ta’sir qilish uchun ogohlantirishlarni uyqudan oldin yoki uxlash vaqtida taqdim etish, tijorat va foydani ko‘zlagan natijani beradi.

Buni qanday amalga oshirish haqidagi tafsilotlar hali hanuz aniq emas. Biroq, marketing firmalarining “ro‘yo muhandisligi”ga bo‘lgan qiziqishi “tashvishli”,-deb baholanmoqda.

Tadqiqotchilar, AQShda reklamalarni tartibga soluvchi Federal Savdo komissiyasiga ham murojaat qildi; ro‘yo qaroqchiligining hozirdan man etilishi talab qilindi.

Ro‘yo qaroqchiligi qanchalik haqiqiy kasbga aylanishini oldindan aytish imkonsiz.

Ammo filmlar, texnologiyaning eng kuchli bashorati bo‘lib qolaveradi. 

 

 

 



Aloqador xabarlar