Yer silkinishi va bu jarayonda Turk dunyosining Turkiyani qo‘llab-quvvatlashi

Dasturining bugungi sonida Turkiyada sodir bo‘lgan yer silkinishi va Turk dunyosi tomonidan berilgan yordamlar haqida so‘z qilamiz. (Yevrosiyo kun tartibi -25)

1947946
Yer silkinishi va bu jarayonda Turk dunyosining Turkiyani qo‘llab-quvvatlashi
Mirziyoyev-başsağlığı.jpg
Türkmenistan Yardım 1.jpg
Kazakistan_yardım_deprem
Kırgızistan Türk Okulalrı Deprem yardım2.jpg
Kazakistan_yardım_deprem
özbekistan-türkiye.jpg
Hulusi Akar Özbekistanlı kurtarma ekibi.jpg
Kazakistan Türkiye depreminfe destek.jpg
Kazakistan başsağlığı.jpg
Kırgızistan arama-kurtarma ekibi ek 1.jpg
Kırgızistan arama-kurtarma ekibi ek 10.jpg
Kırgızistan Cumhurbaşkanı Sadır Caparov TC Bişkek Büyükelçiliğimize ziyaret 3.jpg
Türkmenistan başsağlığı.jpg
Türkmenistan Yardım 1.jpg
Azerbaycan Bakü Türkiye Deprem ile dayanışma Türk Bayrağı3.jpg
azerbaycan yardim.jpg
azerbaycan arama kurtarma.jpg

2023-yilning 6-fevrali kuni Turkiyada 7,6 va 7,8 magnitudali kuchli yer silkinishi sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat ochog‘i mamlakat janubidagi Kahramanmarash viloyati deb qayd etildi. “Asr falokati” deb ta’riflangan yer silkinishi Turkiyaning 11 viloyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Kuchli silkinishlar Suriya, Kipr, Gruziya, Abxaziya, Armaniston, Iroq va Livanda ham sezildi. Ushbu tabiiy ofat oqibatida Turkiyada 36 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi, 100 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.

Turk dunyosi va Turk Respublikalari yer silkinishi sodir bo‘lgan ilk daqiqalardan e’tiboran, butun imkonlari bilan Turkiya uchun safarbar bo‘ldilar.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Turkiya bilan birgalikda 7 kun motam e’lon qildi. Turk Respublikalarining xalqaro tashkilotlaridan Turk Davlatlari Tashkiloti, TURKSOY, TurkPA, Xalqaro Turk merosi jamg‘armasi, Xalqaro Turk Akademiyasi bayroqlari yarim tushirildi.

Turk Respublikalarining Prezidentlari ilk daqiqalardan e’tiboran Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan aloqaga chiqdilar. Eng avvalo Turkiyaning nimalarga ehtiyoji bo‘lishi mumkinligi masalasi ustidan maslahatlashdilar. Prezidentlar keyinchalik mamlakatlaridagi Turkiya elchixonalariga borib, turk xalqiga ta’ziya izhor etdilar. 11-fevral kuni Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov yer silkinishi sodir bo‘lgan hududga tashrif buyurdi.

Turk Respublikalarining Prezidentlari topshirigʻi bilan Turkiyaga qidiruv-qutqaruv guruhlari, shifokorlar va tez yordam ashyolari yuborila boshlandi.

Bir hafta ichida Turkiyaga Ozarbayjon 725, Qozog’iston 171, Qirg‘iziston 146, Vengriya 156, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi 200, Boshqirdiston 25 va Turkmaniston 10 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi yubordi. Bu orqali, xorijdan eng ko‘p qutqaruvchi Turk Respublikalaridan keldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Turk Respublikalaridan kelgan qutqaruvchilar bugungacha vayronalar ostidan yuzdan ortiq insonni tiriklayin olib chiqishga muvaffaq bo‘ldilar.

Yuborilgan ushbu guruhlar orasida shifokorlar va tibbiy xodimlar ham bor. Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yer silkinishi sodir bo‘lgan hududlarda dala kasalxonalari qura boshladilar. Ozarbayjonlik rasmiylar voqeada jarohat olgan ikki ming kishini Ozarbayjonda davolashga tayyorligini bildirdi.

Turk dunyosi Turkiyaning o‘n bir viloyatida sodir bo‘lgan yer silkinishiga yordam berish uchun yordam kampaniyasini boshlatdi. Saha Respublikasidan Yevropaning ichki hududlariga qadar nodavlat notijorat tashkilotlar, mahalliy boshqaruvlar, Turk Respublikalarining hukumatlari toʻplangan yordamlarni ba’zan o‘z imkonlari, baz’zan  turkiyalik rasmiylar yordamida Turkiyaga yubora boshladilar. Shu doirada bugungacha onlab samolyot, yuzlab yuk tashuvchi mashina orqali yordam ashyolari yetib keldi.

Turkiyada yashovchi Turk dunyosi vakillari ham bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqarib tabiiy ofat yuz bergan hududga keldilar. Ularning bir qismi qidiruv – qutqaruv guruhi qatorida xizmat qilar ekan, boshqa qismi fuqarolarga oziq-ovqat, tez yordam ashyolari yetkazib berishga urindi.

Oxirgi voqealar shuni ko‘rsatdiki, Turk dunyosi bunday voqealar oldida, avvalgiga qaraganda yana-da kuchli va yana-da birdamlik ichida faol harakat qildilar. Turkiya kuchli davlatdir va bu voqea yaralarini qisqa vaqt ichida davolay oladi. Bu jarayonda Turk dunyosining moddiy va ma’naviy yordami Anadolu kuchiga – kuch qo‘shadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar