Internetni o‘zgartira olish kuchiga ega bo‘lgan texnologiya: ChatGPT

Qiziqarli ma'lumotlar dasturining bu galgi sonida internetni oʻzgartirish kuchiga ega boʻlgan texnologiya ChatGPT haqida soʻz qilamiz. (Qiziqarli ma'lumotlar - 18)

1926594
Internetni o‘zgartira olish kuchiga ega bo‘lgan texnologiya: ChatGPT

OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan “ChatGPT” nomli chatbot, dialog shaklida oʻzaro taʼsir qiluvchi til modeli sifatida koʻplab masalalar boʻyicha qoniqarli javoblar bera oladi. Shu bois unga she’r yozdirgan ham bor,  kodlash ishlarini istaganlar ham...

***

ChatGPT - bu sun’iy intellekt va mashinani oʻrganishdan foydalangan holda oʻqitilgan bir til modelidir. OpenAI tomonidan 30 – noyabrda butun dunyoda foydalanishga topshirildi va foydalanuvchilari qariyb besh kunda bir million nafarga yetdi.

Insoniy javoblar bera oladigan model, internetdan olingan ulkan matn ma’lumotlari bilan oʻrgatildi va kelgusi yillarda qidiruv tizimlarining oʻrnini bosa olishi aytilmoqda.

ChatGPT ortida qanday texnologiya mavjud?

ChatGPT, hozirgacha tilni qayta ishlashning eng katta va kuchli texnologiyalaridan biri sifatida qoʻlga olingan GPT-3 texnologiyasidan foydalanmoqda. ChatGPT-ni oʻziga xos qiladigan narsa shundaki, u “dialog uchun” optimallashtirilgan.

Texnologiya Akademiyasi asoschisi Devrim Danyalning qayd etishicha ChatGPT, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari bilan oziqlanadi.

ChatGPT qanday mavzularda gaplashishi mumkin?

ChatGPTning nimalarga qodirligi haqida birma – bir gapirish murakkab. Masalan, u kerakli mavzuda maqola yozishi, soatlik elektronik jadval ishlarini bajarishi, yaxshi loyiha taklifi tayyorlashi va hatto qoʻshiq matni, hikoyalar, ssenariy va retseptlar yozishi mumkin...

ChatGPT kelajakda qanday tus olishi mumkin?

ChatGPT hali ham juda cheklangan va OpenAI ham tizimning hali hanuz sinov bosqichida ekanini ta’kidlamoqda. Ushbu model internetdan olingan katta matnli ma’lumotlar bilan oʻqitilgani sababli, u taqdim etgan ma’lumotlarning mutlaqo tasdiqlanishi kerakligini unutmaslik lozim.

Texnologiya Akademiyasining asoschisi Devrim Danyal, agar u kelajakda tasdiqlangan, koʻzdan kechirishga, tasdiqlashga ehtiyoj tugʻilmagan ma’lumotlar taqdim etgudek boʻlsa, unda bu, qaror berish mexanizmiga aylanishi ham mumkin degan fikrda.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #OpenAI , #GPT-3 , #ChatGPT

Aloqador xabarlar