2020 - yil, Turkiya - Ukraina munosabatlari jihatidan samarali o‘tdi

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya - Ukraina munosabatlaridagi oxirgi vaziyat haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi - 53)

1555464
2020 - yil, Turkiya - Ukraina munosabatlari jihatidan samarali o‘tdi

Dekabr oyining oxirgi ikki haftasi Turkiya - Ukraina munosabatlari jihatidan samarali bo‘ldi. Umumiy olib qaraganda nafaqat oxirgi ikki hafta balki 2020 - yil Turkiya - Ukraina munosabatlari jihatidan samarali o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday ekan keling, avvalom bor oxirgi vaziyatni ko‘rib chiqaylik:

2020 - yilning 14 - dekabri kuni Turkiya Respublikasi Mudofaa sanoati vaziri Ismail Demir yetakchiligidagi hay’at Ukrainaga tashrif uyushtirdi. Unda Ukraina Mudofaa vazirligi bilan Turkiya Mudofaa sanoati vazirligi o‘rtasida mudofaa tarmog‘ida bir qator shartnomaga qo‘l qo‘yildi. Uning konkret natijasi sifatida shuning aytishimiz mumkin. Ya’ni, 21 - dekabrda Turkiya bilan Ukraina o‘rtasida, birgalikda ishlab chiqariladigan korvetlarning Ukrainaning Nikolayev shahridagi “Okean” kemasozlik zavodida ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi.  

Yana huddi shu yilning 18 - dekabrida Kiyevda Turkiya va Ukrainaning Tashqi Ishlar va Mudofaa vazirlari ishtirokida “2 + 2” formatida yig‘ilish uyushtirildi. Yig‘ilish yakunida mushtarak deklaratsiya chop etildi. Unda siyosat, iqtisodiyot va mudofaa tarmoqlari doxil hamkorlikning kengaytirilishi masalasida kelishib olindi. Turk vazirlari tashrif doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Bosh vazir Denis Shmigal tomonidan qabul qilindi. Shuningdek, mamlakatdagi turk diasporalari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Huddi shu kuni Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Ukraina elchilari konferensiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Ushbu konferensiyada Chavusho‘g‘luga Ukraina yordamsevarlar jamiyati tomonidan, “Yaxshilik farishtasi” degan mukofat taqdim etildi. Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Dmitro Kuleba, Turkiya bilan 2020 - yil davomida ajoyib hamkorlik olib borganliklari va bundan judayam xursand bo‘lganliklarini qayd etdi.

2020 - yilning 25 - dekabri kuni Prezident Zelenskiy ishtirokida Zaporojya shahrida “Onur Group” tomonidan, 8 oyda tamomlangan ko‘prikning ochilishi bo‘ldi. Bu orqali turk firmasi 55 yildan beri qurilishi rejalashtirilgan ko‘prikni xizmatga topshirdi.

Ayni kun Kiyevda taniqli olim Agatangel Qrimning ilmiy faoliyatlari jamlangan “Sharq davlat tashkil etish an’anasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov ham ishtirok etdi. Kaseinov shuningdek, Ukraina Madaniyat va aloqa siyosatlari vaziri Aleksandr Tkachenko va Ukraina Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Emine Jeppar bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlik masalalari qo‘lga olindi. Ta’kidlash joizki, Ukrainaning Turk dunyosi bilan bo‘lgan hamkorligi oliy darajada ilgarilamoqda. Masalan, 22 - dekabr kuni uyushtirilgan “Türkvizyon” musobaqasida ukrainalik Natalia Papazo‘g‘lu birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.    

Yuqorida qayd etilganidek Turkiya - Ukraina munosabatlari eng a’lo davrini boshdan kechirmoqda. Oxirgi ikki haftada o‘zaro munosabatlarni qiziqtirgan yangi shartnomalarga qo‘l qo‘yildi. “2 + 2” formatida Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari ikkita yig‘ilish o‘tkazdi va ba’zi tarmoqlarda mushtarak yangi tashabbuslar boshlatildi. Bularning hammasi pandemiyadan keyingi davrda, Turkiya - Ukraina munosabatlarining yangi saviyaga olib chiqilishini, Prezidentlar tomonidan ko‘zlangan 10 milliard dollarlik savdo hajmiga qulaylik bilan muvaffaq bo‘linishini yaqqol namoyon etmoqda. Keyingi davrda mudofaa tarmog‘idagi tig‘iz munosabat, boshqa tarmoqlarga ham ijobiy tusda ta’sir qiladi. Turkiya - Ukrainaning strategik munosabati, mintaqaga ham foyda olib keladi.



Aloqador xabarlar