Turk oshxonasi 19-qism

Usmoniy davlati saroyidagi oshxona an'anasiga ko'ra, go’shtlarni mavsumiy mevalar bilan pishirish usullari keng tarqagandi.

1199463
Turk oshxonasi 19-qism

Usmoniy davlati XIV asrdan XX asrgacha hukm surgan dunyoning sanoqli yirik davlatlaridan biri edi. U, XVII asrda hududiy jihatidan keng maydonni egallab, yoyilar ekan, davlat oshxonasi ham huddi Usmoniy davlati hududidek keng va hashamatli edi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunga misol sifatida Fatih Sultan Mehmet tomonidan qurilgan To’pkapi saroyining oshxonasini aytishimiz mumkin. Uning kengligi 5 000 kvadrat metrdan ham ortiq bo’lib, alohida-alohida 8 ta xonadan iborat edi. Mazkur, keng va chiroyli oshxonada, Usmoniy davlatining to’rt burchagidan olib kelingan turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanilgan holda minglab turdagi taomlar pishirilar edi. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi sonida siz azizlar bilan, Usmoniy davlati saroyidagi oshxonaga oid taomlardan biri haqida so’z qilaylik. Bugungi kunga kelib tez-tez pishirilmasa ham, go’shtlarni mavsumiy mevalar bilan pishirish an’anasi, Usmoniy davlati saltanati davrida keng tarqagan usullardan biri edi. “Erikli injik yahnisi” huddi ana shulardan biridir. Bu taomni o’zbek oshxonasi madaniyati tilida quyidagicha tushintirishimiz mumkin: olxo’ri va qo’y go’shti (qo’yning pastki boldiri yoki oyoq go’shtining eng pastki qismi.) dan tayyorlangan, pishirilish usuli qulay va lazzatli bo’lgan taom turi.

***

Usmoniy oshxonasiga oid lazzatli taomlardan biri bo’lgan, “Erikli injik yahnisi” ning qanday tayyorlanishi haqida so’z qilishdan oldin mazkur taom uchun har doimgidek kerakli masalliqlarni aytib o’tishni lozim deb toptik:

4 dona qo’yning pastki boldir go’shti

7 dona shalot piyoz

10 dona quritilgan olxo’ri (donaklari chiqarilgan)

1 butoq rozmarin

1 bo’lak dolchin

4 tish sarimsoq

1 tilim olma

***

"Erikli injik yahnisi"ni tayyorlash uchun eng avvalo kastryulchaga o'simlik yog'i bilan sariyog'ni solib, olovni yoqing. Go'shtlarning ustiga tuz va qora murch seping. Yog' yaxshilab qiziganidan keyin, go'shtni kastryulkachaga soling. Ortidan esa, ikkala tomonini ham 5 daqiqadan qovuring. Ustiga shalot piyozlarni, sarimsoqlarni, olmani, rozmarin yaproqlarini, quritilgan olxo'rilar va dolchinni ilova eting. Ustiga, 1 osh qochiq suv quyib, olovni pasaytiring. Qopqog'ini yopib, qariyb 1 soat 30 daqiqa pishiring. Vaqti-vaqti bilan ochib, suvini nazorat qilishni ham unutmang. Agar suvi kamayib qolgudek bo'lsa unda, bir necha qoshiq suv ilova etishingiz mumkin. Go'sht pishkach, bemalol, pishirilgan olxo'rilar bilan bezab, dasturhonga tortsangiz bo'ladi. Yoqimli ishtaha.

***

Aziz muxlislar, dasturimizning bugungi sonida, Turk oshxonasining voz kechilmas, ajoyib taomlaridan biri, "Erikli injik yahnisi" haqida so'z qildik. Dasturimizning boshqa sonida uchrashguncha, omon bo'ling.

 

 



Aloqador xabarlar