Kun tahlili 20- qism

Yaqin sharda ro'y bergan muhim o'zgarishlar Turkiya va dunyoni yaqindan qiziqtirmoqda.

973890
Kun tahlili 20- qism

 

Yaqin Sharqda Turkiya va dunyoni qiziqtirgan ikki muhim o’zgarish ro’y berdi. Birinchisi AQShning favqulotda elchiligini Tel Avivdan Al Qudsga ko’chirishi va Isroilning tinchliksevar namoyish uyushtirgan 60 Falastinlikning joniga qast etishi va 2770 kishining tan jarohati olishi edi. Ikkinchisi esa Iroqdagi saylovlar bo’ldi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) prezidenti Donald Trumpning Tel Avivdagi favqulotda elchiligini Al Qudsga ko’chirishiga dunyo norozichilik bildirildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xavfsizlik kengashida ko’pchilik AQShning favqulotda elchilik bilan aloqali qarorini tasdiqladi. Ikkinchi bosqichda BMT umumiy kengashiga keltirilgan loyiha deyarli ko’pchilik tomonidan qabul qilindi. Lekin BMT umumiy kengashi qarorlarining bog’lovchiligi bo’lmagani uchun, AQShni to’xtatadigan bir kirishuv bo’lmadi, biroq dunyoning AQShning qaroriga norozichilik ko’rsatgani maydonga chiqdi. Turkiyaning chaqirig’i bilan favqulotda yig’ilish o’tkazgan Islom Hamkorlik Tashkiloti ham Trumpning qarorini qoralab dunyoga hitob qilgan bo’ldi. Dunyoda  AQShning qaroriga ko’rsatilgan uslub, aslida Turkiya prezidenti Rejeb Tayyi Erdo’g’anning “Dunyoda besh davlatdan ko’p davlat bor” degan so’zining qanchalik to’g’ri bo’lganini ko’rsatmoqda.

Bu hodisalarga qaramasdan, AQSh prezidenti Donald Trump qaroridan voz kechmadi va Evangelistlar bashorat etilgan Al Quds musavilarning poytaxti bo’lishiga qat’iylik ko’rsatgandir. Trumpning kabinetida ko’p sonda Evangelist mavjud. Donald Trump elchilikning ochilish marosimiga yuborgan diniy rohib esa radikal Evangelist bo’lgani bilinmoqda. Favqulodda elchilikning ochilishi Trumpning kiyovi va qizi tomonidan amalga oshirilar ekan, Falastin xalqi esa tinchliksevar namoyishlar o’tkazdi. Dunyoning ochiq havo qamoqxonasi bo’lgan G’azo hududida Falastin xalqi ham tinchliksevar namoyish uyushtirdi. Namoyishlarni bostirishga harakat qilgan Isroil askarlari ayovsiz shaklda 60 Falastinlikni o’tib o’ldirgan va 2770 nafarini yaralagandir.

 

Bir tomonda Falastinliklarning joniga qast etilar ekan boshqa tomonda Al Qudsda Donald Trumpning kiyovi va qizi tantanali ravishda favqulodda elchilikshining ochilishini amalga oshirdi. Isroil sodir etgan jinoyatlarni ispotlangan yuzlab video bo’lishiga qaramasdan AQSh Isroil mavzusida bezbetlik qilmoqda. AQSh boshqaruvining bu uslubining asl sababi Arap davlatlarining Falastin xalqini qo’llab-quvvatlash o’rniga o’z  taxtlarini qo’riqlash maqsadida AQSh prezidenti Trumpni ochiq oydin dastaklashidan kelib chiqmoqda. Shubxasiz Falastin xalqining haqlarini qo’riqlash uchun dunyo bo’ylab asosan Turkiya kurashmoqda. Falastinliklarning qurbon bo’lgandan keyin uch kunlik motam e’lon qilgan Turkiya, ayni paytda parlamentida Isroilni qoralagan bildiruv chop etgandir. Qolaversa Turkiya AQSh va Isroil favqulotda elchilarini Turkiyaga chaqirgan va Turkiyadagi Isroil favqulotda  elchisini o’lkasiga jo’natgandir.

Bir boshqa mavzu esa Iroqdagi umumiy saylovlar bo’ldi. DEAShga qarshi kurash davom etgan Mosul, Feluji va Anbar kabi shaharlarda to’qnashuvlar natijasida yiqilgan va Shimoliy Iroq mintaqaviy boshqaruvidagi referendumdan keyin Iroq markazi hukumatining Kerkuk va Sinjar kabi hududlarni o’z nazoratiga olgani uchun Iroqdagi saylov alohida ahamiyat  kasp etmoqda. Saylovga ishtirok etish nisati esa 44 % atrofida bo'ldi.

Iroqdagi saylovda Iroq bosh vaziri Haydar al Ibodi, sobiq Iroq bosh vaziri Nuri al Maliki, Shia rahbar Mukteda al Sadr va Hashdi Shabi guruhi joy olgan Fetih ro’yxati o’nga chiqgan edi. Shuningdek Usame ben Bujeyfi koalitsiyasi va Shia rahbar al Hakim boshchiligidagi hukumat koalitsiyasi muhim nomzod ro’yxati bo’ldi. Iroqdagi saylovlarda sobiq bosh vazir Nuri al Malikining ro’yxati va Hashdi Shabi guruhi joy olgan Fetih ro’yxati Eron tarafdorlari sifatida baholanar ekan, Haydar al Ibodi va Mukteda al Sadr Amerika va Saudiya Arabiston bilan jobiy aloqalarga ega. Iroq Mustaqil Oliy Saylov Kengashining ma’lum qilishicha Mukteda al Sadrning ro’yxati birinchi, Hashdi Shabi guruhidagi Fetihning esa ikkinchi bo’lishi kutilmoqda. 

Sobiq Iroq bosh vaziri Nuri al Malikining ro’yxatidagi va Hashdi Shabi guruhi bo’lgan Fetih ro’yxatining hukumatda bo’lishi kutilmaydi. Lekin Eronning Iroqda ta’siri kamayan bo’lsa ham,  harbiy jihatdan Eron Iroq ichki siyosatida muhim aktyolardan biri bo’lib qolmoqda.

Asosan Iroq davlati ichida qo’shindan tashqari ikkinchi muhim bir kuch bo’lgan Hashdi Shabi guruhi Eron tomonidan nazorat qilinishi, istiqbolda Eron hukumatga qarshi chiqishdir.

Iroqdagi saylov natijalari AQSh va Saudiya Arabistonning Eronni Yaqin sharqda cheklashi jihatidan ijobiy deb baholasa bo’ladi. Chunki Mukteda al Sadr yillar avval AQShga qarshi qurolli guruhini boshqarar ekan, endi esa ham AQSh ham Saudiya Arabiston bilan aloqalarni tiklagan. Ayni paytda Iroq bosh vaziri Haydar al Ibodining AQSh tomonidan Deashning Musulni nazoratiga olgandan keyin hukumatga kelgandir.

Iroqdagi saylov Turkiya jihatidan ahamiyatli bo’lsa ham, terrorga qarshi kurash doirasida alohida ahamiyat kasp etmoqda. Chunki Turk qurolli kuchlari Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borgan harbiy operatsiyalarning Iroqdagi saylovlar paytda keng doirada o’tkazilishi kutilmoqda. Iroq markazi hukumati o’lka bo’ylab PKKga qarshi keng ko’lamli operatsiyaning Iroq-Turkiya aloqalariga ijobiy aks etadi. PKK terror  tashkilotining Turkiya chegaralari ichida xavfsizlik kuchining faoliyatlarini kamayishi bilan, Firot Qolqoni va Zaytun novdasi operatsiyalari bilan chegaradan tashqarida ham operatsiyalarni davom ettirishni mo’ljallamoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #kun tahlili

Aloqador xabarlar