Turkiya tashqi siyosatiga nazar 16-qism

Dasturimizning bugungi sonida xalqaro konvertatsiya va buning Suriya inqirozi hamda Turkiyaga ko’rsatgan ta’sirini ko’zdan kechiramiz.

954338
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 16-qism

                          

Xalqaro aloqalar jihatidan vaqt xuddi suv kabi oqib ketayotgan bir davrni boshimizdan o’tkazyabmiz. Dasturimizning bugungi sonida xalqaro konvertatsiya va buning Suriya inqirozi hamda Turkiyaga ko’rsatgan ta’sirini ko’zdan kechiramiz.

Dunyoga nisbatan bir butun sifatida nazar tashlash tobora murakkablashib bormoqda. Global doira tashkil qilish g’ayrati muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Protektsionizm avj olib bormoqda. Global tijorat muzokaralari o’z natijasini bermayotir. Kiber sohadan foydalanishning sharti juda oz. O’ziga xos mintaqaviy tartib yoki tartibsizlikning paydo bo’lishiga guvoh bo’lyabmiz. Bunga Yaqin sharq va Suriyadagi hodisalarni misol qilib keltirish mumkin.

Ko’p o’tmay, Buyuk Britaniya va AQSh bilan bir qatorda, jami 20dan ortiq davlat rossiyalik diplomatlarni o’z mamlakatlari hududidan chiqarib yubordi. Rossiya ham bunga javoban 60 nafar xorijlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu hodisalardan keyinroq Beshar Asad rejimi takror kimyoviy qurol bilan hujum sodir qildi.

Bundan 1 yil oldin Tramp hukumati xuddi shu sabab bilan rejimga tegishli harbiy bazalarni raketalar bilan portlatgan edi. Bir yil o’tgach, takror AQSh boshchiligidagi koalitsiya Beshar Asad rejimiga qarshi aviazarba berdi. Shu sababli, butun nigohlar takror Suriyaga qaratildi. Bu jarayonda shunday savol tug’iladi: “Ajabo, dunyo takror navbatdagi jahon urushi ostonasidami?

Xozirgi kunda dunyo 1939-1991 yillarning ideologik qutblashuv dunyosiga o’xshamaydi. 1-jahon urushidan 10 yil oldingi yillarga o’xshaydi. Xozirda global va mintaqaviy kuchlar yuksalib-pasaygan bir davrda milliy kuchlar raqobatiga guvoh bo’lyabmiz.

Dunyoning umumiy ahvoliga nazar tashlaganimizda, 1945-1989 yillar orasida bo’lgani kabi buyuk ideologiya kurashi yaqin emas.

Dunyoda hukmron kuchlar bilan bir qatorda, AQSh hukmronligini kamaytirishga uringan, lekin uni uddalashga yetarlicha qudrati bo’lmagan kuchlar mavjud. Bu holat mavzu bilan yaqindan shug’ullangan mutahassislar o’rtasida ba’zi kelishmovchiliklarga sabab bo’ladi. Ba’zi mutahassislarda mavjud vaziyatni anglash uchun qahraton urush davriga taqqoslash istagi bor. Biroq, bu to’g’ri natija olib kelmaydi.

Mavjud vaziyat ko’pincha 19-asrning 2-yarmiga o’xshaydi. Bu davr yangi paydo bo’lgan kuchlar o’rtasidagi raqobat davri edi, davlatlar o’rtasidagi aloqalarning ideologik haqliligiga emas, milliy manfaatlarga tayangan davr edi. Shu tufayli, 2-jahon urushi ostonasida emasligimizni bemalol aytishimiz mumkin.

Xozirda Yaqin sharqda Amerika tashqi siyosati aksariyati idelogik tushunchalarga emas, kuch siyosatiga ko’ra boshqariladi. Masalan; Saudiya Arabistoni…

Ham demokratik emas, hamda tushuncha jihatidan g’arb uchun radikal ammo neftga boy va Amerika himoyasi evaziga neftni faqatgina dollar bilan sotishga moyil. Boshqa tomondan Misr harbiy diktatorlik bilan boshqarilmoqda; Amerika manfaatlariga mos bo’lgani va Isroil uchun tahdid bo’lmaganligi uchun Amerikadan yordam olmoqda.

Eron DAIShga qarshi kurashni bahona qilib, Iroqdagi hukmronligini rasmiylashtirdi va Suriya hududini Eron quruqlik kuchlari va harbiy bazalari bilan to’ldirib, Asad hukumatini Eronning vakiliga aylantirdi. Bu albatta, Amerika uchun salbiy vaziyat bo’lib hisoblanadi.  AQSh Eronning O’rta yer dengiziga oyoq bosishini xohlamaydi. Xozirda butun ishoralar shuni ko’rsatadiki, Tramp Eron bilan o’rtadagi atom shartnomadan yaqinda voz kechadi. Shu sababli, Vashington Tehron bilan dahanaki jang ostonasida turibdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

AQShning xozirda Yaqin sharqda eng ko’p ehtiyoji bo’lgan narsa barqaror kuch muvozanatidir. Tashqi siyosiy qarorlari jihatidan tobora AQShdan ajralib borayotgan Turkiya potensial mintaqaviy hukmronga aylanmoqda. Shu sababli, AQSh Turkiya muvozanatini qo’lga olishga harakat qilmoqda. Amerika bu jarayonda shuni o’ylab ish qilishi kerak; Turkiya va Eronni cheklash ikkala mamlakatni Rossiyaga yana ham yaqinlashtiradi.

Atom shartnomani yirtib tashlash va Eronga qarshi saksiyalarni qo’llash Yevropa Ittifoqini Erondan neft import qilishni to’xtatishga ko’ndirish demakdir. Bu esa, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga bo’lgan tobe’ligini yana ham oshirishga olib keladi.

Boshqa tomondan Suriya bugungi kunda mintaqaviy, xatto global poydevorga ta’sir ko’rsatadigan ahvolda.

Suriya havo hududida to’satdan bilgan yoki bilmagan holda nazoratdan chiqadigan to’qnashuv alanga olishi mumkin. Biroq, shuni aytish joizki, Suriyaning yaqin kelajagidagi eng muhim va jiddiy to’qnashuv, PKK/YPGni maydondan chetlatish yoki chetlatmaslik bilan aloqali bo’lishi mumkin. Chunki, PKK/YPGning vaziyati faqatgina bu terror tashkilotining Suriyadagi kuchi bilan emas, ayni paytda g’arbning Suriyadagi faolligini kamaytirish bilan bog’liq omilga aylandi. Shu sababli, Turkiya-Rossiya-Eron o’rtasida Suriyada hamkorlik ortar ekan, bir tomondan AQSh-Fransiya-Buyuk Britaniya kabi davlatlar PKK/YPG nazoratida bo’lgan hududlarda yana ham oshkora bo’y ko’rsatmoqda.

Aslida, Ankarada bo’lib o’tgan Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvlaridan Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish to’g’risida qaror olingani Amerikaning PKK/YPG bilan bo’lgan aloqasiga va Evfrat daryosi sharqidagi hukmronligiga doir oshkora ogohlantiruvdir. Turkiya jihatidan bu muammo davlat xavfsizligiga nisbatan strategik tahdiddir. Eron bu mintaqaning davlatiga qarshi yuritiladigan AQSh faoliyatlarining bazasiga aylanishiga ishonmoqda. Rossiya esa, uzoq kelajakda bu mintaqaning Suriyadagi Amerika ta’sirini asosiy vosita bo’lib qoladi deb o’ylamoqda. Shu sababli kelgusi jarayonda Munbich va Evfrat daryosining sharqiga doir tazyiq yanada kuchayadi.

Munbich masalasi shu sababli uch tomonlama uchrashuv natijasidan eng katta ta’sirlanadigan mavzulardan biridir.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

         

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #AQSh , #Eron , #tashqi siyosat

Aloqador xabarlar