Matbuot Sharhlari 10.07.2017

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Hamburgdagi G- 20 sammitidan keyin mamlakatga qaytishida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan Qatar inqirozi borasida ham to’xtatildi.

767730
Matbuot Sharhlari  10.07.2017

Star “ 3 o’lkaga Qatar inqirozi uchun  safar ”

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Hamburgdagi G- 20 sammitidan keyin mamlakatga qaytishida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan Qatar inqirozi borasida ham to’xtatildi.

AQSh Prezident Donald Trump va Rossiya  Prezidenti Vladimir  Putin bilan o’tkazgan uchrashuvlarida, har ikkalasi  Qatar inqirozi muloqot yo’li bilan yechilishidan tarafdor ekanini ma’lum qildi. 15- iyuldan keyin  Ko’rfaz mintaqasiga  takror safar qilmoqchi ekanini ifoda etgan Erdo’g’an,

“Mintaqaga  uyushtiradigan ziyorat bilan, muloqotning ortishiga belki hissa qo’sha oladi. Ayniqsa Qatar, Quvayt, Saudiya Arabistonga borishni rejalamoqda” dedi.

Hurriyat “ Turk xalqi o’lkasini himoya qildi.

Amerika qo’shma shtatlari Davlat kotibi Rex Tillerson, 22- Jahon neft kongressiga qatnashdi.

15- iyul harbiy to’ntarishi bilan tegishli so’zlagan nutqida Tilleron, “ Taxminan bir yil oldin Turk xalqidan  jasur erkaklar va ayollar, harbiy to’ntaruvchilarga qarshilik ko’rsatdi va o’z demokratiyasini himoya qildi. 2016- yili 15-  iyulda hayotdan ko’z yumganlarning  sharaf va jasoratini taqdir etaman. Turk xalqi, konstitutsiyadagi haqidan foydalanib o’z o’lkalarini himoya qildi” dedi.

 

Haberturk: Dostonning yilligida demokratiya navbati”

15- iyulning yilligida shahidlarimizni duolar bilan yodga olamiz va yodgorliklar  ochiladi.

Ramzi nuqtalarda yodga olish marosimlari, milliy birlik yurishi va demokratiya navbati bo’ladi. Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, dasturlarning ko’pchiligiga  bizoat o’zlari  ishtirok etadi.

Ertaga, harbiy to’ntarishning jarayonini  o’zgartirgan Halisdemir bilan Ero’l O’lchak va o’g’lining qabrlarini ziyorat etadi.

 

Sabah “ Turkiya energiyada o’yin tuzuvchi va mintaqaviy kuch”  

22- Jahon Neft Kongressining ochilishida so’zga chiqqan Energiya vaziri Berat Albayrak , “ Turkiya mintaqaviy energiya loyihalari uchun bir o’yin  tuzuvchi va ishonrli bir sherik va eng muhim kuchlardan biridir.

Tinchlikka va farovonlikka hissa qo’shgan muddatiga qadar sarmoya kiritishni himoya qilamiz. Baku Tbilisi- Jeyhan Neft Quvuri va Trans Onado’li  quvuri buning eng muhim o’rnaklaridan biri. Turk oqimi ham bu loyihalardan  biri sifatida o’ylash mumkin” dedi.   

Yeni  Shafak Afrodisyas dunyo meros ro’yxatida”

Oydinning Karajasu tumanidagi Sobiq Grek va Roma davrlariga oid eng ko‘rkamlik antik shaharlardan biri bo’lgan Afrodisyas UNESCO Jahon meros ro’yxatida o’rin oldi. Polshaning Krakov shaharida amalga oshdi. UNESCOning 41- jahon meros ro’yxatida qayd etilishiga qaror berildi. Tarixda shaharning eng muhim tangrichasi bo’lgan Afrodit ibodat xonasi bilan mashhur bo’lgan Afrodisyas millatdan oldin II- asrdan MS.6-  asrgacha  ko’rkamini himoya qildi. Afrodisyasda Jahon meros ro’yxatida qayd etilishi bilan o’lkamizning bu ro’yxatdagi borlik soni 17ga bordi.

 



Aloqador xabarlar