Matbuot Sharhlari 03 .07.2017

Star “ Huber ko’shkida muhim qabul” Turkiya, Suriyada Afringa aralashuv tayyorgarligiga boshlashi bilan birgalikda diplomatiya harakatlandi.

763377
Matbuot  Sharhlari  03 .07.2017

Star “ Huber ko’shkida muhim qabul”

Turkiya,  Suriyada Afringa aralashuv tayyorgarligiga boshlashi bilan   birgalikda diplomatiya harakatlandi. AQShning IShIT bilan kurash maxsus namoyandasi Brett McGurkning Anqara safarining ortidan, Rossiyadan ham bir safar amalga oshdi. Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Rossiya  Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey  Soyguni Istanbulda Huber ko’shkida qabul qildi. Uchrashuvga tegishli  ma’lumot berilmadi, safar, Turk qurolli kuchlarining  Afrinni nazoratga olish jarayonida Turk va Erkin Suriya qo’shin birliklariga havodan himoya qiladi  deb izoh etgan bir davrga duch kelishiga diqqat qaratildi.

Haberturk” Terrorni yashirin himoyasi oshkor holga keldi”

Prezidentlik Bosh maslahatchsi Yalchin To’pchu, nohukumat tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazdi  va Amerika qo’shma shtatlari(AQSh) va Germaniyaning  boshchilik qilgan, Turkiyaning ittifoqdoshi sifati ko’rilgan o’lkalarning siyosiy sohadagi uslubini muhokama qildi. To’pchu, “ Go’yo bosh ittifoqdoshimiz AQSh va boshqa ittifoqdoshlarimiz Yevropa ittifoqi o’lkalari avval Iroq, endi Suriyada , hatto kelajakda, uzoq muddatda o’lkada FETO,  bo’lginchi terror tashkiloti PKK uning davomi HDP va DHKP-J, Lawrencening  noqonuniy  farzandi IShIT kabi terror tashkilotlarini himoya qilganini, yashirin bo’lgan himoyalarini ochiq oydin holga keltirgani oshkordir” dedi.

Yeni Shafak “ Turk harbiy bazasi qoladi”

Qatarga qarshi qurshov siyosati olib borayotgan Ko’rfaz o’lkalari 13 modallik talab ro’yxati uchun bergan muhlat yakunlandi. Ro’yxatni qabul qilmaymiz deb izoh etgan Qatar  Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahman al Sani, Turk harbiy bazasi ham yopilmaydi dedi. Al Sani, “ Kimsa mustaqil bir o’lkaga  ultimatum berish haqi yo’q. imzo qo’ygan bitimdan orqaga qadam tashlamaymiz. Turkiya bilan aloqalarimizga haqiqatan katta ahamiyat beramiz” deb ma’lum qildi.

Hurriyat “ Turkiya, avtomobil ishlab chiqarishda dunyoda eng ko’p o’sgan 3- o’lka holiga keldi”

Turkiya bugunki kunda dunyoda 14,Yevropada esa 5- eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi.

2016- yili ishlab chiqarish raqamlarga ko’ra o’sish nisbatlarida  esa Eron va Xitoyning ortidan dunyoda uchinchi o’rinni egaladi. 2017- yilida rekordlar bilan boshlagan Turkiya  global avtomobil talabining ortishiga bog’liq ravishda ro’yxatda tez bir shaklda yuqorilarga   ko’tarilishi kutilmoqda.

Sabah Gazetasi” Turk huquqchilar Harvard bellashdi”

Jahon  savdo tashkiloti (JST) 2002dan beri uyushtirib kelgan xalqaro savdo mavzuli huquq bellashuvida ilk marotaba ishtirok etgan Turk talabalari katta muvaffaqiyat hosil qildi.

Dunyo bo’ylab 79 jamoa ishtirok etgan  bellashuvda, Turkiyadan bir jamg’arma   universitetining  Huquq fakulteti  talabasi, (JST)ning farazi mahkama bellashuvida finalga qolishni bajardi. Harvard Universitetining ortidan “ Rivojlanayotgan bir o’lkani namoyandalik qilgan eng yaxshi jamoa “ mukofotiga  loyiq deb topildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afrin , #Suriya , #Qatar , #AQSh , #Germaniya , #Terror , #Himoya

Aloqador xabarlar