Jahon iqtisodiyoti 24-qism

Qatarga qarshi tatbiq etilgan sanktsiyalar Ko'rfazda o'z ta'sirini ko'rsatishga boshladi.

752379
Jahon iqtisodiyoti  24-qism

Yaqin sharqda keyingi kunlar boshqacha bir harakatlilik bor. Saudiya Arabiston boshchiligida 5 Ko’rfaz davlati, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Liviya va Bayreyh, 5-Iyundan e’tiboran Qatar bilan diplomatik aloqalarini to’xtatdi. Buning bir taranglikdan xabar berganini aytish mubolag’a bo’lmaydi, chunki ta’siri atrofga tarqalishga boshladi. Ushbu o’lkalar izlagan uslubdan ta’sirlangan davlatlar birma bir Qatar bilan aloqalarini to’xtatishga boshladi; “Iordaniya aloqalarni quyu saviyaga tushirdi, Senegal va Maldiv ham aloqani uzganini ma’lum qildi. Marokash bilan Doha havo safarlarini bekor qildi. Isroil esa Qatarga tatbiq etilgan sanksiyalardan mamnun. Nima uchun Qatar? Tatbiq etilgan saktsiyalar haqoniymi? Qatar ustidan hududni qayta shakllantirishga harakat qilinmoqda? Nima uchun Qatarga qarshi bu uslubning izlanayotganini anglash uchun yuqoridagi savollarnig javobini topilishi kerak.

Nima uchun Qatar nishonga olindi?

Qatar, asosan so’ngi 20 yil ichida, mavjud uglevodorod zaxiralari va ulkan energiya sarmoyalari bilan dadil ildamlayotgan va hududda siyosiy bir kuchga aylanishga boshlagan edi. Shunchaki, iqtisodiy jihatdan Arab Amirliklari, siyosiy jihatdan esa Saudiya Arabiston bilan raqobat etadigan bir davlat bo’lgan edi. Aslida, Qatar va Saudiya Arabiston o’rtasidagi raqobat faqat siyosiy emas, ikki davlat so’ngi yillar pasaygan neft narxlari tufayli ham qarama qarshi bo’lgan. Iqsidodiyoti neft daromatiga tayangan va dunyoda eng katta neft ishlab chiqaruvchi va eksportchisi bo’lgan Saudiya Arabistonning neft narxlari tushgani bois salbiy ta’sirlangan iqtisodiyotini tiklashi kerak edi. Shuning uchun hududda ham kichik ham Neft Ishlab chiqaruvchi Davlatlar Tashkilotida bo’lgan Qatarni nishonga oldi. Chunki o’z manfaatlariga xizmat qilmaganini ilgari surib hududda so’z tinglamas sifatida ko’rsatilgan Qatarga qarshi chiqish o’rniga, orqasida tursa Saudiya Arabistonning manfaatlari uchun yana ham yaxshi bo'lar edi. Bu nuqta-i nazardan Qatarning energiya kuchiga diqqat qaratish kerak. Qatar, Rossiya va Erondan keyin dunyoda tabiiy gaz zaxirasiga ega 3. o’lka. Ro’yxatda Qatardan keyin Amerika va Saudiya Arabiton joy olmoqda. Hamon 24,530 million kubametr tabiiy gaz zaxirasi bo’lgan Qatar, tahminan 2,5 million aholisi bo’lgani uchun gazning katta miqdorini eksport qilmoqda. So’ngi 20 yil ichida suyuqlashtirilgan tabiiy gaz (LNG) sarmoyalari va ortidan kelgan ishlab chiqarish soyasida Qatar, dunyoning 4. Buyuk tabiiy gaz ishlab chiqaruvchisi va 2006 yildan beri eng katta LNG eksportchisiga aylangan. Dunyo LNG bozorinining asoschisi bo’lgan o’lkani ayni paytda dunyoning 8. ulkan neft ishlab chiqaruvchisi bo’lganini ham yoddan chiqarmaslik kerak.

Qatar esportlar soyasida, dunyoda eng jadal rivojlangan va fard boshida tushgan daromad eng ko’p bo’lgan mamlakatga aylandi. Qatarning quvur tarmog’lariga bog’li bo’lmasdan o’z kemalari orqali LNG eksportini davom ettirishi, geografik jihatdan uzoq mamlakatlar bilan ham yaqin aloqalar o’rnatishiga olib kelgan. Qatarning El Jazira media organi bilan xalqaro maydonlarda o’z o’rnini olishi, iqtisodiy kuchi bilan birlashganda o’lkaning siyosiy jihatdan ham kuchli bir aktyor bo’lishiga imkoniyat yaratgan. Boshqa tomondan mintaqa va dunyoning eng muhim rivojlanayotgan davlatlaridan biri bo’lgan Turkiya bilan yaqinligi, qurilishdan energiya sektorigacha qator sohalarda hamkorlik va Qatarning Turkiyaga kiritgan buyuk investitsiyalari Ko’rfaz o’lkalariga yoqmadi. Bunlarga nazar solganda Qatarga qarshi izlangan uslubni tushinish oson bo’ladi. Bu hududda yangi o’zgarish emas, global kuchlar, hududdagi mamlakatlardan foydalanib Qatar ta’sirli bo’ladigan mintaqaviy o’zgarishlarni oldini olishni istaydi. Bu yerda maqsad, yangi bir tuzumni oldini olib eski ahvolni davom ettirishdir. Bugun Qatar, ertaga boshqasi. O’zgarish kiritish kuchi bo’lgan mamlakatlar bu ravishda nazorat qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar