Yevropa, Turkofobiya va xavfli kelajak

Turkiya Respublikasi Prezidenti voizi va Bosh kotibi o'rinbosari Ibrahim Kalin Yevropa Parlamentining Turkiya haqidagi qarorini baholadi.

618265
Yevropa, Turkofobiya va xavfli kelajak

Yevropa Parlamenti avj olgan irqchilik, chet elliklar va muhojirlarga bo’lgan dushmanlik; radikalizatsiya muammosi, yotlashish va islomofobiya kabi haqiqiqy masalalarning uddasidan chiqolmagan vaqtlarda Turkiyaga qarshi skandal bir qarorga imzo chekdi.

Yevropa o’zining ichki muammolari, mikro-milliyatchilik va Brexit jarayonining ta'sirida strategik ko’z qarashini toraytirmoqda. Yevropa Parlamentining 2016-yilning 24-noyabri kuni qabul qilgan Turkiya haqidagi qarori, batafsil ravishda ko’rib chiqilishi darkor. Qaror qonuniy jihatdan majburiy emasligiga qaramay Yevropa Parlamentidagi zaharli siyosiy iqlim va toraygan strategik ko’z qarashni aks ettiradi. Bu vaziyat, Yevropadagi turklarga qarshi olib borilgan siyosiy populizm bilan oziqlanmoqda. Eski qit’aning turklarga va Turkiyaga bo’lgan noto’g’ri tushunchasini o’rtaga chiqarmoqda. Lekin Yevropa Parlamentining bu qarori Turkiya bilan a’zolik muzokalarini davom etmaslikga qaraganda ko’proq Yevropaning siyosiy ufqini o’z ichiga qamrab olgan ko’z qarashini yoritayotgandek.

Yevropada, Turkiyaga va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anga hujum qilinmagan kun yo’qolib bormoqda. Chunki hujumchilar buning ortidan foyda ko’rmoqda. Siyosatchilar, jurnalistlar, askiyachilar, san’atkorlar va boshqalari Erdog’anni shunday vaziyatga tushirdiki “Erdog’an” degan nom huddi Turkiya Respublikasining Prezidenti bo’lgan shaxsga e’tibor qaratmay turgan nuqtaga olib kelindi. Turk-Olmon Musulmon bir ayol Elif Zehra Kandemir aytganidek “Erdog’an” haqorat so’ziga aylandi. Eski noto’g’ri tushunchalari aks ettirilgan, o’limsiz bir dushman. Erdog’an nomi Yevropada, o’rinsiz narsalar o’rniga ishlatiladigan vaziyatga keldi”.

Bu vaziyatning eng qorqinchli o’rnagini, Erdog’anga muntazam ravishda hujum qilishga o’rganib qolgan Germaniyaning “Der Spiegel” jurnalining sentabr oyida chop etilgan maxsus sonida ko’rishimiz mumkin. Ushbu jurnalning muqova fotosuratida Erdog’anning, quyoshdan himoya qiluvchi ko’zoynaklar taqib bir “mafiyaning otasi” olaroq ikki minorasi raketaga aylantirilgan Sultanahmet nomidagi jome’ masjidiga qarar chog’iga o’rin berilgan. Raketaga aylantirilgan minoralarning aksi Erdog’anning “mafiya” deb ko’rsatgan ko’zoynaklarining oyna qismiga aks etar ekan u yong’in va zulmni nazarda tutmoqda. Jurnalning sarlavhasi esa yuqorda aytib o’tilgan barcha ma’noni birma-bir bayon etmoqda yani: Turkiya o’z erkinligini qo’ldan boy bermoqda.

Germaniya balki Turkiyadagi 15-iyul voqeasining muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan xursand bo’lmagandir. Agar ana shu kungi to’ntarish tashabbusi ko’zlangan maqsadga erishganida edi balki Germaniya bu vaziyatni qo’llab-quvvatlar edi. Muqovasida ham Turkiyaga erkinligini qaytarib bergan to’ntarishning lideri sifatida Fetullah Gulenning kulimsiragan (yoki yig’laganmi) fotosuratiga o’rin berar edi. Der Spiegel to’ntarishni demokratiya uchun yaxshilik deya nishonlar, o’zining muhobirlik qobiliyatini “aslida demokratiya bilan harbiy to’ntarish orasida hech qanday qarama-qarshilik yo’q” deyish uchun foydalanar edi.

Shunday ekan bu jurnal va uning Erdog’anni yomon ko’rsatish bilan ovora bo’lgan Yevropadagi tarafdorlari ayniqsa PKK terror tashkiloti a’zolari va ularni qo’llab-quvvatlaguvchilarni Germaniya va Yevropaning boshqa hududlarida oziqlantirishning qanday qilib demokratiyaga xizmat qilganligini va buning qanday tarzdagi terrorga qarshi kurash ekanligini tushintirib bera olishlari kerak. Kyolnda uyushtirilgan to’ntarish tashabbusining qanday qilib Germaniya ommaviy axborot vositalarida keng ko’lamli ravishda qo’lga olinganligini va ortidan bir necha hafta o’tgach uyushtirilgan PKK tarafdorlarining boshqa namoyishlariga nima uchun ruxsat berilganligini va buning bemalol Germaniya ommaviy axborot vositalarida o’rin olganligini izoh eta olishlari kerak.

Davomi bor...

 



Aloqador xabarlar