Turkiya nazaridan yaqin sharq 44-qism

Misrdagi vaziyat xalqni qiynab tashlagan ahvolda.

601136
Turkiya nazaridan yaqin sharq 44-qism

 Hozirgi kunda Misr xalqining 27 % dan ko’pi qashshoq vaziyatda. Oylik daromadi 50 dollar bo’lgan bu chegaraning qanchalik to’g’ri bo’lgani esa boshqa bir masala. Misrning yuqori qismida 60 % aholi qashshoq yashamoqda. Misrda siyosiy barqarorlik o’rnatishning yo’li mavjud iqtisodiy masalalarga bir yechim topishdan o’tadi. Lekin hozir ijobiy bir vaziyat yo’q kabi. Bo’lmasa o’zgarishlar iqtisodiy va moliyaviy muammolarni yana ham orttiradi. Mana shuning uchun, iqtisodiy va moliyaviy taranglik, Abdulfettah el-Sisi boshqaruvining siyosiy vaziyati bilan aloqali inqirozni orttirmoqda. 2011 yil Misrda jamiyat Muborak tuzumiga qarshi ko’chalarga chiqib uch narsa talab qilgan edi bunlar: “Non, ozodlik va ijtimoi adolat.”O’lkada saylov bilan vazifaga kelgan birinchi Davlat Rahbari Husnu Muborak to’ntarilgandan keyin vazifaga o’tgan el-Sisining boshqaruv shakili Muborak davridan ham battar bo’ldi. Mavjud vaziyat ham yaxshi emas.

2015 yilidan beri, Misr iqtisodiyotida ayrim ijobiy o’zgarishlar kuzatilmoqda. Inflatsiya nazorat ostiga olingan, ishsizlik kam bo’lsa ham oldi olingan va iqtisodiy o’sish kuzatilgandir. Yana 2015 yili elektrik energiyasidagi uzilishlar kamaygan edi, biroq bu o’zgarishlar har tomonda yoyilmagan. Hattoki kam daromad oilalarni yana ham yomon ahvolga solgan. Haqiqat esa, 2013 to’ntaruvidan keyin Misrning og’ir iqtisodiy va moliyaviy cho’kishi kutilgan edi. Ko’rfaz o’lkalaridan kelgan moliyaviy yordamlar nartjasida el-Sisi rejimi biroz yengil tortgan edi. Bugungi qiyinchiliklar, mana bu yordamlarning nihoyasiga yaqlashgan bir davrga to’g’ri kelgandir. 2011 yil 11-Fevral kuni harbiy boshqaruv kengash boshqaruvini olganda bir Amerika dollari 5,8 Misr lirasiga teng edi. Bugun esa dollar, 15 Misr lirasini oshgan. Misr lirasi faqat bu yil 40% qiymat boy bergan vaziyatda. 2011 yili Misr Markaz Bankidagi valyuta zaxirasi 36 milliard dollar atrofida edi. 2016 yili Avgust oyi esa Misr tarixida eng quyu saviyaga tushib 5,15 milliard dollar bo’ldi. Buni yana ham vahimali ahvolga keltirgan xususlar quyidagicha; 2013 to’ntaruvidan keyin Misrning Ko’rfaz davlatlaridan olgan yordam miqdori 50 milliard dollarga borib yetgan. Markaz Bankidagi zaxiralarida kamaygan tahminan 20 milliard dollar bilan birga bu pullar ham yuqolgan.

Misrning tashqariga bo’lgan qarzlari ham kun sayin ortib bormoqda. 2015 yilining oxirida 48 milliard dollar bo’lgan tashqi qarzi, 2016 yili nihoyasiga yetmasdan 55,7 milliard dollarga ko'tarildi. Bu pullar qayerga ketgan? Misr jamiyatiga ijobiy aks etadigan iqtisodiy o’zgarishdan darak yo’q. Lekin yangi qurilgan qamoqxonalarda, namoyishlarni bostirish, “Xavfsizlik tadbirlarini” kuchaytirish doirasida xibsga olinganlar bilan to’lib toshgan. Albatta boshqa tomonda oldi olinmagan poraxor’lik o’lkadagi manbalarni ziyon qilgan. Bu salbiy o’zgarishlarga qaramay Misrning milliy daromadining 10 % tashkil etgan turizm sektoriga salbiy aks etganini ham aytish joiz. Pulning qiymat yuqotishi va tobora ortib borayotgan inflatsiya bilan oziq-ovqat narxlarining ko’tarilgani bahs mavzusi. Misrda xalqning zaruriy yegulik moddalarini oladigan kuchi bor xolos. Lekin, guruch, shaker, moy, chaqaloqlar uchun yeguliklar va dori-darmon kabi asosiy e’htiyoj moddalarining narxi ko’tarilishiga qaramay topish qiyin.

Noyabr oyi Misr hukumati bilan Xalqaro Valuta Fondi o’rtasida 12 milliard dollarlik kredit shartnomasi imzolanadi. Bu shartnoma doirasida Misr hukumati tejamkorlik siyosati tatbiq etishni qabul qildi. Lekin Misr hukumati iqtisodiy chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli shakilda hayotga tatbiq etgan taqdirda, aksariyati uchun hayot shartlari og’irlashib bormoqda. Shartnoma doirasida Misr hukumati qo’shimcha soliq to’laydi. Neft narxlari ko’tariladi va subsidiya bekor qilinadi. Misr  hukumati uchun qurtulush yo’li sifatida izlangan siyosati va bu bilan birga olinadigan tadbirlar hayotni og’irlashtirmoqda. Bunga o’xshash radikal siyosatlarning Misr kabi o’lkalarda demokratik bir muhitda amalga oshirgan bir namunasi yo’q. Shu bois avtoritar rejimning bu siyosati hayotga tatbiq etish uchun yana ko’p shiddat ro’y berishini aytsh mumkin. Ortib borgan shiddat avtoritar tomonlarining qonuniyligini tasdlashdan yiroq bir e’htimol sifatida ko’rinmaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #turniya nazaridan , #qayin sharq

Aloqador xabarlar