Turkiya nazaridan yaqin sharq 40-qism

Iordaniyadagi vaziyat atrof o'lkalarni qayg'ulantirmoqda.

583369
Turkiya nazaridan yaqin sharq 40-qism

Isroil, Suriya va Iroq bilan qo’shnu bo’lgan Iordaniya, Yaqin sharqdagi masalalardan to’g’ridan ta’sirlanmoqda. Aholisining yarmidan ko’pini Falastiliklar tashkil etgan o’lka, Falastin masalasiga ham aralashgan vaziyatda. 2003 yilgi ishg’olidan keyin Iroqdagi shiddat yuzminglab Iroqlikning Ioraniyaga borishiga sabab bo’ldi. 2011 yildan keyin Suriyadagi hodisalar ham bir million atrofida Suriyali ko’chmanchining Iordaniya borishiga olib keldi. Mintaqaviy masalalarga qo’shimcha Iordaniyada ham katta muammolar mavjud. 20 Sentyabr kuni bo’lib o’tgan mahalliy salovlar, 25 Sentyabr kuni jurnalist Nahid Haterning o’ldirilishi va iqtiyosiy qiyinchliklar Iordaniyaning og’ir sinov berayotganini ko’rsatmoqda.

Asli xristian mazhabiga mansub Nahid Hatter diniy e’tiqodi bo’lmaganini e’lon qilgan so’l nazariyaga ega va Esad tarafdori bir jurnalist edi. Davomli tahdit qilingani uchun Livanda yashayotgan edi. 25-Sentyabr kuni, Facbookda bahamlashgan bir karikatura bilan aloqali qo’zg’atilgan sud jarayoni uchun Ammonda bo’lganda o’ldirildi. Jinoyat ortidan Ioraniyada turli norozichilik namoyishlari o’tkazildi. Suiqast va namoyishlar, Iordaniyada mavjud vaziyatni qizishtirgani oshikor ko’rinmoqda. Asosan poytaxt Ammonda dunyoviy qarashga ega asilzodalar tabaqasi Hatterning suiqastini o’zlariga qaratilgan bir hujum sifatida qabul qildilar. Ushbu muhit vujudga keltirilgan siyosiy partiya bo’lgan Maan (Barobarlik) so’ngi umumiy saylovlarga ishtirok etdi. Dunyoviy bir siyosiy dasturga ega bo’lgan Maan, Ommonda bir necha deputatga muvaffaq bo’ldi. Maanning parlamentga kirishi kelajakda dunyoviylar-dindorlar o’rtasida siyosatning qizishidan dalolat bermoqda.

25 Sektyabr kuni o’tkazilgan Vakillar Majlisi Saylovlarining, Iordaniya Qiroli Abdullohning o’lka kelajagi jihatidan muhim bo’lganini tushuntirdi. Saylovlar, ayrim joylarda muammolar bo’lishiga qaramay umuman sukunat ichida o’tdi. Lekin saylovga bo’lgan qiziqish, yangi saylov qonuniga va o’tmishga solishtirganda shafof bo’lishiga qaramay kam edi. Saylov bilan aloqali xalqning tushunchasi va Qirolning fikirlari bir-biriga zid. Musulmon Qardoshlarning asosini tashkil etgan Islomiy  Faoliyat Japhasi Partiyasining boykotlariga qaramay oldingi saylovga ishtirok etish nispati 50 % dan ziyod edi. 25 Sentyabr saylovlarida esa ishtirokchi nispati Islomiy Faoliyat Japhasi Partiyasining muvazanatiga qaramay 37,5% bo’ldi.

O’lkadagi ikki buyuk shahar Ommon va Zekrada ishtirok etish nispati 25,5 % atrofida. Iordaniyada shahar aholisining deyarli uchdan bir bo’limini Falastinliklar tashkil etadi. Lekin Iordaniyada siyosiy tuzumda so’z haqiga ega bo’lganlar hududdagi mahalliy qabilalardan tashkil topgan bir guruh mavjud. Iordaniya parlamenti, konstitutsiya  tomonidan, o’zgarish kiritadigan bir xususiyatga ega emas. Shuningdek Parlamentda ikkinchi majlisni tashkil etgan, Senat butunlay Qirol tomonidan saylangan kishilardan tashkil topgan bo’lib barcha salohiyatlarni o'z qo'liga olgan. Vakillar Majlisida qabilalardan qatnashgan vakillar, to’liq mahalliy xizmatlar va oila a’zolari uchun ish ta'minlash vositasi bo’lishdan nariga keta olmaydı. Lekin o’zgarishlarning bunday natijasi  bo’lmadi. Mana shuning uchun ovoz berish nispati qabilalar hukum surgan joylarda baland bo’lar ekan muhim shaharlarda esa quyu saviyada qolib keltgan.

Saylovlarda Faoliyat Japhasi partiyasi 25 %  ovoz egasi bo’ldi. Lekin Vakillar  Majlisida faqat 12 % vakillik qilish haqini qo’lga kiritishga muvofiq bo’ldi. Yangi Vakillar Majlisida eng ko’p Faoliyat Jahpasi Partiyasining kursisi bo’ladi. Undan tashqari 8 partiya deputat soni 1 bilan 5 orasida o’zgarmoqda. Vakillar Majlisini Saroyga yaqin qabila nomzodlar va tadirkorlar ro’yxatidan tashil topmoqda. Mana shuning uchun na “yangi” qonunlar na so’ngi saylovlar rejimni mustahkamlashtirish jihatidan ijobiy o’zgrish kiritmagan. Saylovlardan keyin Qirol tashkil topadigan yangi hukumatning iqtisodiy islohot, rivojlanish mavzusida to’xtalishini istadi. Qirollik, 2025 Viziyasi doirasida ikki farqli tasturdan tashkil topgan tafsulotli iqtisodiy o’sish rejasi tuzishni istadi. Bunlardan biri kelajak 10 yil ichida Iordaniya iqtisodiyotining 4,8 % o’sishini ko’zlar ekan boshqasi esa 7,5 % o’sishni mo’ljallamoqda.

Lekin har ikki dastur ham Iordaniya uchun haqiqatdan yiroq. O’lkaning strategik vaziyati va bundan qo’lga kiritgan ijobiy foydalari bor. Afsuski Iordaniya uchun bundan ko’pi kerak. O’lkadagi eng muhim eksport mahsulotlari potas, fosfat va mehnat  kuchidir. O’lkada mehnat kuchining 40 % tashqaridan ta’minlanmoqda va bu qimmatga tushgani uchun eksportga tayangan bir qishloq-xo’jalik sektorining rivojiga to’sqinlik qilmoqda. O’lkada qolgan mehnat kuchining aksariyati davlat organlarida. Davlat tashkilotlarida ham oyliklar juda past. O’lkaga kirgan xorij sarmoyasi ham 35 % atrofida xolos. Turizm esa o’lkadagi bir boshqa daromat manbai. Bunga ham Iroq va Suriyadagi hodisalarning ta’siri, o’lkani ziyorat qilganlar soni va turizm daromadini kamaytirgan. 14,5% atrofida bo’lgan ishsizlik, 15-24 yosh guruhi uchun 30 % atrofida. Bundan bir qismini Amerikadan olgan yordamlar bilan qoniqtirilgan o’lkada xavfsizlik xarajatlari ham katta. Iordaniyadagi mavjud vaziyat IMF dan kredit olib daslab iqtisodiyotni tiklab ijobiy o’zgarish kiritmqochi. Lekin Yaqin sharq hududidagi har bir masala quyidagi haqiqat bilan yuzlashtirmoqda: Bu hududlarda bir o’lkada sodir bo’lganlarni boshqalaridan mustaqil tushunib yechim topish deyari imkonsiz. Mintaqadagi masalalarga yechim topish uchun hududagi davlatlarning o’z masalalariga boshqalarini aralashtirmay yechim topishlari kerakligini anglashi shart.

 



Aloqador xabarlar