Turkiya nazaridan yaqin sharq 34-qism

15 Iyul to'ntaruv tashabbusidan keyin G'arb davlatlarining Turiya bilan aloqali izlagan siyosati muhokama qilinmoqda.

557463
Turkiya nazaridan yaqin sharq 34-qism

15 Iyl kun, Turk xalqi salov bilan vazifaga kelgan bir hukumat partiyasini to’ntaruv tashabbusiga qarshi o’z jonini xavfga solib to’siqladi. Bu faqat Turkiyaning ichki siyosatida ijobiy o’zgarish bo’lmadi. Tukiyaning tashqi siyosati jihatidan ham muhim natijasi bo’ldi. AQSh va Yevropa Ittifoqi to’ntaruv tashabbusi bo’yicha, to’ntaruvni qoralagan yoki hukumat tarafdori uslub izlamadi. Asosan Yevropa ittifoqi to’ntaruv muvaffaqiyatsizlashgandan keyin bir uslub izlashga boshladi. To’ntaruv muvaffaqiyatsiz bo’lgandan keyin AQSh va Yevropa Ittifoqi siyosiy bir janjal sifatiqa qabul qilinadigan bir uslub olib bordi. Turk hukumatini to’ntaruvga tashabbus etganlarga qarshi olgan idoriy va xavfsizlik chora-tadbirlarini tanqid qildi. To’ntaruvni oldini olgan va saylangan avtoritetni, huquqiy va xavfsizik maqsadli qadamlar tashlagani uchun tahdit ettilar. Boshqa tomonda, so’ngi paytlar Turkiyaning aloqalar jihatidan tez-tez taranglikar maydonga kelgan Rossiya va Eron, to’ntaruv tashabbusining boshidan beri hukumatni dastaklagan bayonotlar berdi. Ikki o’lkaning bayonotlarini quyidagi omillar bilan bog’li bo’lganini aytish mukin:

  1. Rossiya bilan Eron ochiq bo’lmasa ham to’ntaruv tashabbusini zimni bo’lsa ham G’arbga qaraganda qo’llab-quvvatlagani ko’rinmoqda,
  2. Ham Rossiya ham Eronning uzoq muddatdan beri FETOni o’z miliy manfaatlariga qarshi faoliyat olib borgan bir tashkilot sifatida ko’rishi,
  3. Har ikki davlatning ham rasmiy ravishda o’lkalarining ichki ishlariga aralashuv sifatida tushungan vaziyatda muvozanatli harakat qilishi,
  4. Juda nozuk bir paytda Turkiyani dastaklaganlar, taranglikdan keyin geopolitik jihatdan qozonishini bashorat qilganlardir.

To’ntaruv tashabbusining odli olingandan keyin Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an ilk rasmiy ziyoratini Rossiyaga amalga oshirdi. Hukumat sifatida esa ilk rasmiy ziyoratini Eronga amalga oshirdi. Ushbu ziyoratlar, Prezident Erdo’g’anning va to’ntaruvni qoralagan Turk mediasining G’abr mediasini tanqid qilishga boshlagandan keyin amalga oshirilishi, Turkiyaning G’arbdan chiqib Rossiya va Eron bilan ittifoqdoshlik qilib-qilmasligi kabi savollarni tug’dirdi. Hatto ayrim, G’arblik sharhlovchilar, Turkiyaning Yevrosiyaga burilganini va tashqi siyosatida yo’nalishi o’zgarganini ilgari surdilar.

Bu darhaqiqat to’g’rimi?

Shuni bilamiz ki, AK Partiya, 14 yillik hukumronligi bo’yicha davomli G’arb ittifoqi ichida bo’lib ko’p qirrali bir siyosat olish borishga harakat qildi. Qisqacha milliy manfaatlarining nima bo’lganini faqat G’arb ittifoqining nazariyasidan qaramadi. Bu nuqta-i nazardan Rossiya va Xitoy bilan aloqalarini davomli rivojlantirish g’ayratida edi. Ayni paytda o’zini tarixiy rishtalar bilan bog’li ko’rgan Yaqin sharq hududiga o’tmishdagi hukumatlardan ko’p ahamiyat berdi. Afrika kirishuvi ham buning bir  natinasidir. Turkiyaning Rossiya bilan manfaat to’qnashuvlari Suriya tartangligining maydonchi chiqishi bilan boshladi. Lekin bu Turkiyani boshqa ittifoqdoshlar  izlashga chorlamadi, Eron bilan aloqalari hech qachon butunlay uzilmagan. Rossiya bilan ham aloqalar kamchiliklar bilan bo’lsa ham, Suriya mavzusidagi fikir farqliliklariga qaramay davom etayotgan edi.

Har ikki o’lka bilan aloqalarni tiklash va rivojlantirish g’ayratlari to’ntaruvdan oldin boshlagan edi. 2016 yil 6 Mart kuni u davr bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Eronni ziyorat qilgan. Ushbu ziyorat bilan siyosiy va tijoriy alqalarni tiklash mo’ljallangan edi. Ayni paytda Suriya va Yaqin sharq masalalarga yechim topish uchun mintaqa davlatlarining faoliyatga o’tishi uchun hamfikir bo’ldilar. 2016 Aprel oyi Eron Davlat Rahbari Hasan Ruhoni, Islom Hamkorlik Tashkiloti Sammitidan keyin Anqarada rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Mana shuning uchun Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarifning to’ntaruv tashabbusidan keyin, amalga oshirgan ziyorati alohida ahamiyatga ega bo’lgani kabi, boshqa omillarni ham ko'zdam kechirish kerak.

Rossiya bilan aloqalarni tiklash mavzusida ham Prezident Erdo’g’anning Iyun oyida boshlatgan kirishuvlari samara berdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Erdo’g’an o’rtasida 9 Avgust kuni San Peterburgda bo’lib o’tgan uchrashuvga, to’ntaruv tashabbusidan oldin qaror berilgan edi. Lekin to’ntaruv tashabbusiga G’arb davlatlariga nispattan Eron va Rossiyaning o’zgacha uslubda bo’lishi, Turk hukumati tomonidan taqdir etilgandir. Turkiyaning G’arb ittifoqdoshligidan chiqish istagi bo’lmaganining namunasi, Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi aloqalarning muvozanatga kirishini o’z ichiga olgan xalqaro shartnoma eskizining Majlis Tashqi Ishlar Komissiyasida 16 Avgust kuni qabul qilinishidir.

Shuningdek ham Prezidentik ham hukumat vakillari, Turkiyaning G’arb ittifoqdoshligidan chiqish niyati bo’lmaganini ochiqcha bildirgandir. Turiyaning AQSh va Yevropa Ittifoqiga qaratilgan tanqidlarining sababi, tashqi siyosatda bir yangi yo’nalish emas, bu o’lkalarning o’zi mudofaa etan qadriyatlariga koz yumgani, lekin ko’z yumgan paytda ham bir vosita sifatida foydalanishdan tortinmagan demokratiya, erkinlik va teng huquq tamoyillarini eslatmoqda. Bu yerda ularni so’zda emas, haqiqiy ma’noda demokrat bo’lishga da'vat qilish kerak.



Aloqador xabarlar