Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 19-qism

Suriyadagi ichki urushda Bashar al-Asad bilan Rossiya havo kuchlari eng avvalo kasalxonalar bilan tibbiy xodimlarni nishonga olgan vaziyatda.

487839
Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 19-qism

Suriyalik doktor Usame Abu al-Azz “Bundan buyon Halabda, tobut tanqisligi bor” deya hayqirmoqda. Chunki dahshatli hujumlar oqibatida jon berganlar soni shundayin ortdiki, ularni ko’mish uchun tobut yetishmayapdi. Bundan buyon Halabning, muxolifat nazorati ostidagi mintaqalarida yashash, o’lim ketidan ergashib yurishdan farqli emasdir. Vaziyat shunday nuqtaga yetib keldiki ba’zi insonlar, bu shahardan qutilish uchun “iloji boricha o’lim tezroq kelsin” deb dua qiladigan vaziyatda. Rossiya va Asad rejimi tomonidan qo’l urilgan oxirgi bombardimon shundayin og’ir ediki… Doktor Abu al-Azzning aytishicha toshlar go’yo olov bo’lib yonayotgandek edi. Dunyoning eng nufuzli inson huquqlari tashkilotidan biri “Xalqaro amnitsiya tashkiloti” sal oldin bir hisobat chop etdi. Ana shu hisobatga ko’ra Rossiya va Asad rejimining havo quvvatlari qasddan, sistematik ravishda kasalxona va sog'liqni saqlash klinikalarini nishonga olmoqda. Xalqaro amnitsiya tashkiloti bu natijani, o’q uzishni to’xtatish kelishuvidan oldingi havo hujumlarini baholar chog’idagi faoliyati natijasida qo’lga kiritgan edi.

Shimoliy Halabda, o’q uzishni to’xtatish kelishuvi o’z nihoyasiga yetganidan keyin takror havo hujumlarini boshlatgan Asad rejimi bilan Rus havo quvvatlariga oid uchoqlarning ilk faoliyatlaridan biri, takror kasalxona va klinikalarni vayron qilish edi. Xalqaro amnitsiya tashkiloti xodimi Tirana Hassanning aytishicha xalqaro huquqni paymol qilgan va sog’likni saqlash klinikalari bilan tibbiy xodimlarga qaratilgan bu hujumlar, vahshiylarcha tomosha qilingan, urush strategiyalarining bir bo’lagi.

Kasalxonalar, elektr energiyasi stansiyalari va ichimlik suvi ta’sislari Rus va Asad rejimi hujmining ilk mo’ljaliga aylangan. Bundan maqsad, hujumda jabrlangan shahar aholisini mintaqani tark etib, chiqib ketishga majbur qilishdir. Muhojirlar mummosini yaratish esa urush strategiyasi sifatida qabul ko’rgan vaziyatdir. Kasallarni davolaydigan tibbiy xodimlarning o’ldirilib, tugatilishi, nima bo’lishidan qat’iy nazar shaharni tark etmasdan, o’z yurtida qo’lish bo’yicha qat’iy qaror qabul qilgan shahar aholisini bezdirishdir. Ular fikridan voz kechitirb shaharni tark etishlarini ta’minlashdir.

Halabning muxolifat nazorati ostidagi mintaqasida joylashgan Quddus kasalxonasi ham Rossiya va Bashar al-Asad rejimining oxirgi kunlardagi havo hujmining asosiy mo’ljallaridan biri bo’ldi. Bu hujumda mintaqadagi yakkayu-yolg’iz bolalar shifokori Muhammad Vesim Muaz halok bo’ldi. Do’stlarining aytishicha doktor Muaz, xalqi uchun, o’z kasbini sidqidildan mehr qo’yib ado etar edi. Oxirgi kunlarda “Har on favqulodda vaziyat so’dir bo’lib qo’lishi mumkin” deya kasalxonada tunay boshlagan edi.    

Hujumda jon berganlardan va Halabda qo’lgan oxirgi 10 nafar stomotologdan biri Muhammad Ahmad edi. Doktor Ahmadni, ham kasbdoshlari, ham xalq judayam hurmat qilar edi. Ixtiyoriy ravishda bolalar uchun uyushtirilgan faoliyatlarda ishtirok etar edi. Bolalarga, urush chog’ida, tish kasalligidan qanday saqlanish kerakligi haqida ma’lumot berayotgan edi.

Oxirgi 5 yil ichida Suriyada, yuzlab doktor halok bo’ldi. Inson huquqlari uchun “Doktorlar” deb nomlangan tashkilot tomonidan amalga oshirilgan bir faoliyatga ko’ra Suriyada oxirgi 5 yil mobaynida kamida 730 nafar doktor jon bergan. Xalqaro amnitsiya tashkiloti tomonidan ham ma’lum qilinishicha kasalxonalar bilan tibbiy xodimlarga qaratilgan hujumlar tasodifan amalga oshirilgan jinoyatlar emasdir. Bunday hujumlarning qasddan qo’l urilganiga hech qanday shubha yo’q. Quddus kasalxonasining bombalanishi ortidan bir kun o’tar o’tmas, bir oyda 2 mingdan ortiq insonga xizmat ko’rsatgan bir sog’likni saqlash markazi ham vayron qilindi.

Mart oyida kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi, to’qnashuvlarning batamom bas qilinishini ta’minlay olmadi. Faqat, yurt boylab xalqni sal bo’lsa ham nafas olishiga imkon yaratdi. Hozirda, Shimoliy Halab ham doxil, o’q uzishni to’xtatish yurtning eng muhim hududida o’z nihoyasiga yetgan vaziyatda va hujumlar takror boshladi. Suriyadagi urush, yaqin kunlarda to’xtaydiganga o’xshamayapdi. Faqat o’q uzishni to’xtatish kelishuvining Shimoliy Halab ham doxil, takror kuchga kirishi kerakligidan hech kimning shubhasi yo’q. Buning amalga oshishi uchun AQSh, Rossiya ustidan kerakli faoliyatlarni yuritishi shart. Albatta ruslar ham, Asad rejimi ustidan bosim qilishi kerak. Agar ruslar Suriyani bombalashdan voz kechib, Asad rejimini ham bunga majburlagudek bo’lsa unda takror Suriya boylab kuchga kiradigan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi, ham muzokaralarni osonlashtiradi, ham insonlarning sal bo’lsa-da o’limdan qutilishini ta’minlaydi.



Aloqador xabarlar