Turk Matbuot Sharhlari 10.05.2016

Turkiyaning rivojlanib o’sishini istamagan ba’zi muhitlarning  mo’ljali holiga kelgan, yirik loyihalardan Istanbuldagi dunyoning eng  yirik aeroport loyihasi, barcha to’siqlarga qaramasdan  inshooti tezligi bilan davom etmoqda.

487940
Turk Matbuot Sharhlari  10.05.2016

Sabah gazetasi: “ yirik loyihalarga ma’noli ziyorat”

Turkiyaning rivojlanib o’sishini istamagan ba’zi muhitlarning  mo’ljali holiga kelgan, yirik loyihalardan Istanbuldagi dunyoning eng  yirik aeroport loyihasi, barcha to’siqlarga qaramasdan  inshooti tezligi bilan davom etmoqda.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, 20 foizi yakunlangan yangi aeroportni ziyorat etdi. Erdo’g’anning ushbu safari , ba’zi muhitlarga bir ishora sifatida edi.  Loyiha yakunlanganda 150  million yo’lovchi hajmi bilan dunyoning eng yirik loyihasining dastlabki bo’limi esa  2018- yili  fevralida xizmatga tushirilishi kutilmoqda.

Vatan gazetasi: “ 100 nafardan 75 nafari Yevropa ittifoqiga qo’shilishni istaydi”

Iqtisodiy taraqqiyot jamg'armasi Raisi  Ayhan Zeytino’g’lu, “ Turkiyada xalq Yevropa ittifoqi  a’zoligini himoya qilganlarning  nisbati 75,5 foiz.

İKVning anketasiga ko’ra, 2015- yilida   himoya qilganlarning nisbati 61,8  foiz ekan, 13 ball yuksaldi. Himoya qilganlarning 45,4 foiz a’zolik bilan farovonlikning ortishi, 35,8 foizi esa Yevropa sayohat, joylashuv va  ta’lim imkoniyat,  33,8 foizi esa inson haqlarida taraqqiyot bo’lish umid bilan a’zolikni himoya qilganini bildirdi.  

Yeni shafak   gazetasi: “ Turkiya, o’sishga kuchli ravishda davom etmoqda”

Sanoat ishlab chiqarishda joriy yilning dastlabki choragida  5.6 foiz ortib, o’sishda kuchli ravishda qolishning ishoralarini berdi.

O’sishning eng muhim ko’rsatgichlaridan bo’lgan sanoat ishlab chiqarish, eksportga tayangan sektorlarning himoyasi bilan mart oyida ham 4.7 foizga  yuksaldi.

Global bozorlarda va hududlarida sodir bo’lgan ko’plab  taraqqiyotga qaramasdan sanoat o’sishining kuchli bo’lishi, Turkiya uchun juda muhim bir muvaffaqiyat deb baholadi.

Dastlabki chorakda ichki talabning kuchli qolishi, Yevropa ittifoqiga eksportning ortishi, sanoat ishlab chiqarishdagi ortish eng muhim sabablar qatorida ko’rsatilmoqda.

Star Gazetasi: “ Chegaraga qurolli İHA himoyasi...

Bosh shtab boshqarmasi  Raisi  Hulusi Akar,  ko'rish hokimiyati va manevra qobiliyati bilan sinovlari davom etgan quroli İHAlar  juda yaqin paytda ishlatilishga boshlanadi deb ma’lumot berdi.

Qurolli IHAlar ayniqsa  salbiy  ob- havo sharoitida juda yaxshi natijalar berdi. Bu  mavzuda AQSh ishlab chiqargan IHAlarni hatto orqada qoldirdi.”

Haberturk: “ Uzundereda Turim  faoliyati”

Dunyodagi “ sokin shaharlar” qatorida qabul qilingan Erzurumning Uzundere  tumani,  kiritilgan yangi sarmoyalar bilan turizmdagi iddaosini amalga  oshirmoqchi, minglab yillik tarixga va tabiiy guzellikka ega bo’lgan Uzundereda ziyoratchilar uchun yangi

Joziba nuqtalari tashkil etiladi. Turkiyaning eng yuksak favvorasiga ega bo’lgan Uzundereda,  11 kilometr uzunlikda tabiiy bir ko’l bo’lgan To’rtum Ko’li va ushbu ko’ldan sizgan suvlar tashkil topgan 7 suv  birikmalari bilan ko’llar mavjud. Tarixiy ravishda Gurjilar tomonidan ishonch markazi sifatida qabul qilingan O’shvank Monastiri tarixiy qal’alar va Shapel qoldiqlariga  ziyoratchilar  katta  qiziqish ko’rsatmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Matbuot , #Sharhlari , #Yangiliklar

Aloqador xabarlar