Turkiya nazaridan yaqin sharq 16-qism

Saudiya Arabiston Qiroli Salman bin Abdullaziz Turkiyani ziyorat qildi.

473933
Turkiya nazaridan yaqin sharq 16-qism

Saudiya Arabiston Qiroli Salman bin Abdullaziz Prezident Rajab tayib Erdo'g'anning talifiga binoan Turkiyani ziyorat qildi. Shuningdek Islom hamkorlik Tashkilotining konferensiyasiga qatnashdi. Turkiya, Qirol Salmanning ziyoratiga aholida ahamiyat berdi. Prezident Erdog'an Qirol Salmanga oliy davlat nishoni taqdim etdi.

Qirol Salman taxtga o'tgandan beri Turkiya bilan Saudiya Arabiston o'rtasidagi aloqalar ijobiy jihatda o'zgardi. 2013 yili Iyun oyi Misrda saylov bilan vazifaga kelgan Muhammed Mursi to'ntarilgandan keyin Turkiya-Saudiya Arabiston aloqalari salbiy tuz olgan edi. Turkiya xalqni qo'llab-quvvatlar ekan, Saudiya Arabiston to'ntaruv uyushtirganlarni dastaklagandir.

Hozirgi kunda esa, ikki davlar dunyoga mintaqaviy strategik sherik, hattoki ittifoqdosh bo'lganini ko'rsatmoqda.

Unday bo'lsa nima uchun ikki o'lka aloqalari cho'qqalarga chiqarildi?

Bu faqat Qirol Salman bilan bog'liq emas. Har ikki davlatning bir biriga mos manfaatlari va bu manfaatlarni kuzatgan siyosatiga nazar solish lozim.

Avvalambor har ikki davlat g'arbning mintaqa bilan aloqali siyosatidan mamnun emas. Saudiya Arabiston va Turkiyaning Suriya, Iroq va Yamandagi jarajyn bilan aloqali nazariyasi umuman bir biriga o'xshash.

Iroqning mintaqada ta'siri kutilgandan ham ortgani va buning oldi olinishi tushunilmoqda. Eron bilan yadro dasturi borasida kelishuv tuzilishi, g'abning manfaatlari uchun mintaqadagi muvozanatning nazardan chetlagani sifatida qabul qilinmoqda.

Boshqa bir xusus esa Al Qoida va DEASH kabi transnatsional terror tashkilotlarini bohona qilib hududda davomli tashqaridan oraga kirilishi Turiya va Saudiya Arabistonga yoqmayapti. Har ikki davlat ham bu tashkilotlarga qarshi kurashda mintaqa davlatlari yoki islom davlatlarining oraga kirishini istaydi.

Saudiya Arabistonning Erondan xavotir qilishi 1979 yil boshlagan. 1979 yil Eron inqilobidan keyin geopolitik raqobat ikki o'lka o'rtasida bir mintaqaviy sovuq urushning boshlanishiga olib kelgan. 1979 yil Eronda vujudga kelgan rejim, ideoloki jihatdan hammaga qarshi chiqdi. Bu, boshda Saudiya Araiston bo'lib Iroq kabi Ko'rfaz davlatlarida yangi tahdit uyg'utdi.

Shu bois Ko'rfaz davlatlari sakkiz yil davom etgan Eron-Iroq Jangida Saddam Huseyin Rejimini har tomonlama dastakladi.

2003 yil Sadam Huseyinga qarshi AQSh boshlatgan harbiy kirishuv ikkinchi bir tahditga aylandi. Harbiy harakatdan keyin Iroqda rejim almashdi, Saudiya Arabiston ham mintaqaviy kuch muvozanatining Eronga tomon o'tganini tushundi. Iroqda saylov bilan vazifaga kelgan Shia partiyalaridan tashkil potgan hukumatlar Eron bilan aloqaga o'tdi. Bu esa qayg'ularni chuqurlashtirdi.

Arab Bahorining mintaqadagi ta'siri Eron va Saudiya Arabiston o'rtasidagi siyosiy kuch kurashini avjlantirgan. Bahreyndagi vaziyat, Saudiya Arabiston boshqaruvi o'lkaga qarata Eronning oraga kirganini tushundi. Ayni paytda Yaman va Suriyadagi o'zgarishlarn iham kuch kurashi sifatiga ko'rdi.

Eron bilan yadro dasturi tuzilgandan keyin Eron borasida qayg'ular yana ham ortdi. Iroqda, ISHIDni ilgari surilib Bog'dot hukumatining ham Eron ham AQSh bilan birga harakat qilishi, Eron bilan AQSh o'rtasida hamkorlik sifatida baholandi. 2012 yilining boshidan beri “Esad ketishi kerak” degan g'arb davlatlarining ikki yil ichida uslubini o'zgartirishi bu qayg'ularni churulashtirgandir. Rossiyaning ham Esad rejimini qo'llab-quvvatlashi sabr kosasini toshirdi. Esad rejimining qolishi dastaklanayotgan edi. Bu Saudiya Arabiston jihatidan Eronga faoliyat sohasini xalqaro maydonlarda tasdiqlashi ma'nosiga kelayotgan edi.

2014 yil o'rtalaridan e'tiboran Turkiya bilan Saudiya Arabistonning mintaqadagi o'zgarishlarga qarashi bir biriga yaqin. Qirol Salman vazifaga kelgandan keyin aloqalar tezkor rivojlandi. 2015 yil Dekabr oyi tuzilgan strategik hamkrolik shartnomasi bu nuqta-i nazardan muhim.

Ikki o'lka NATOga o'xshash harbiy tashkilot vujudga keltirish uchun birga harakat qilmoqda. Turkiya jihatidan 34 Musulmon davlatni o'z ichiga olgan harakat, o'zining Yaqin sharqda strategik kuchini orttirish ma'nosiga keladi. Har ikki davlat G'arbning mintaqadagi uslubi tufayli bu hamkorlikdan ta'sirlanmoqda. Shuning uchun, oldin Suriya mavzusida alohida harakat qilgan Turkiya va Saudiya Arabiston asosan mushtarak harakat qilishga boshladi.

2016 yil ikki o'lka deyarli har sohada ko'p qirrali aloqalarni yana ham rivojlantirish mavzusida kuchli ishoralar ko'rsatmoqda.

Bu davomli bir aloqami? Yaqin sharq siyosatining muhim xususiyatidan biri, siyosiy hamkrolik kirishuvining qisqa vaqtli bo'lishi. Buning sababi mintaqa davlatlarining kuchi emas, mintaqaning 19. Asr Boshidan beri davomli tashqaridan oraga kirganlar bo'lishidir. Bu esa tashkilotlanmagan davlat tuzilishiga sabab bo'lmoqda. Mintaqada tashqaridan faol shakilda aralashuv davom etmoqda. Bu mavzu kun tartibiga bo'lgunicha, tashkilotlangan bir aloqaning imkoni yo'q.



Aloqador xabarlar