Amerika senatorining maktubi, Netanhayuda katta norozichilik uyg'otdi

Isroil, Amerika tomonidan olgan harbiy yordamning to'xtatilish ehtimolidan xavotirda.

466336
Amerika senatorining maktubi, Netanhayuda katta norozichilik uyg'otdi

Bir Amerika senatori, Isroil qo'l urgan jinoyatlari tufayli sudga tortilishi kerakligini aytganida sizningcha nimalar bo'lishi mumkin?

Amerika senatori Patrick Leahy, Amerika armiyasi yordami bilan Isroil va Misr qo'l urgan vahshiy jinoyatlarning teksharilishi kerakligini talab qilmoqda.

Amerika Qo'shma Shtatlari senatori Patrick Leahy Amerika armiyasi yordam bergan davlatlar ro'yhatining ilk qatorlarida o'rin olgan Isroil bilan Misr qo'l urgan “inson huquqi paymollarining" teksharilishini kuzatganidan keyin Isroil Bosh vaziri Benjamin Netanyahuni asabiylashtirdi.

G'arbiy Sherianing Hebron shahridagi falastinlik bir yaradorning Isroil askarlari tomonidan so'rab surishtirilmay o'ldirilganligi haqidagi video lavhalar o'rtaga chiqqanidan bir necha kun o'tgach Amerika senatori Leahy, buning teksharilishini talab qildi.

Buning uchun 17-fevral kuni Leahy va 10 nafar Demokrat kengash a'zosi Amerika Tashqi ishlar vaziri Kerryga maktub yo'llagan. Mart oyi oxirlarida butun ommaga tarqatilgan bu maktubda quyidagi satrlar o'rin olgan: “Xavfsizlik kuchlari tomonidan Isroil va Misrda qo'l urilgan va keng tarqagan inson huquqlari paymoli haqidagi hisobatlar sonida tashvishlanadigan darajada ortish kuzatildi. Bular Amerika armiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan yoki qo'llab-quvvatlangan bo'lishi mumkin tomonlarni o'z ichiga olgan voqealardir". “Bu hisobatlarning to'g'ri yoki no'tog'ri ekanligi ustida ish olib borishingizni va qo'lga kiritgan natijalar bo'yicha bizni xabardor qilishingizni talab qilamiz".

Senatorning maktubi Amerika hukumatining Leahy qonunini paymol qilmoqda yoki paymol qilishi mumkinligini iddio qilmoqda. Bundan maqsad, “Tashqi ishlar vaziri, xorijiy bir davlatga tegishli xavfsizlik kuchlarining inson huquqlari paymoliga qo'l urganligi to'g'risidagi ishonchli ma'lumotni qo'lga kiritgudek bo'lsa" bu davlatga qaratilgan Amerika askari yordamining to'xtatilishidir.

Maktub, “Xalqaro amnitsiya tashkiloti va boshqa inson huquqlari tashkilotlari, Isroil armiyasi va politsiyasi tomonidan Fadi Alloun, Saad Al-Atrash, Hadeel Hashlamoun, va Mutaz Ewisaning so'rab surishtirilmay o'ldirilgan bo'lishi mumkinligini iddio qilmoqda" deb yozadi. “Undan tashqari Wasim Marouf va Ahmed Manasra voqealarida ham tazyik qilinganligi haqida hisobotlar mavjud".

Mondoweiss muxbiri Philip Weissga ko'ra, Hank Johnson, Andre Carson, Eddie Bernice Johnson, Eleanor Holmes Norton kabi imzochilarning ko'pchiligi oq irq emasdir yoki ozchilik millatdan iborat guruh vakillaridir. Bu muhimdir chunki, Tamara Coffman Wittesning dushanba kuni oqshom vaqtida Coloumbiada aytib o'tganidek Demokratik mavzu ko'proq Falastin maslasiga iliq qaragan qora irqdagi va Latino gruhlarga qaratilganligi uchun Isroilga bo'lgan yordam Amerikada asta-sekin siyosiy ruh bera boshladi.

Leahyning maktubi Isroil buzgan tartibning Misrdagi zolimliklar bilan, 2013-yildagi Rabia maydoni qatliomini yonma-yon qo'yganligi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, Isroilning tez-tez tanqid qilinmaydigan vaziyatda turib olishi Amerikaning siyosiy iqlimida kamdan-kam uchraydigan vaziyatdir. Amerika Qo'shma Shtatlari har yili Isroilga 3.1 milliard dollarlik harbiy yordam bermoqda. Misrga qaratilgan yordamning hajmi 1.5 milliard dollar atrofidadir va Camp David kelishuviga muvofiq berilgan bu yordam mamlakatning vahshiylarcha tazyik qilgan harbiy xuntasini moliyalashtiradi. Isroil, 2014-yili dunyo miqyosida Amerikaning harbiy yordamining 75% idan ortig'rog'ini olgandir.

Mushtarak ravishda qoralangan bu maktubga Ben Cardin norozichilik bildirdi. Cardin bu haqida, “Buning qiyoslanishi imkonsiz. Isroilda huquq ustunligi prensibi mavjud. Bunday insonlarni huquqiy jihatdan javobgarchilikka tortadigan tuzim bor" dedi.

O'tgan hafta bunga Netanyahu ham norozichilik ko'rsatib, “Isroil Mudofaa kuchlari bilan Isroil militsiyasining bu voqea bilan hech qanday aloqasi yo'qdir. Isroil askarlari bilan militsiya xodimlari o'zlarini va begunoh tinch aholini eng oliy darajali ahloqiy qadriyatlar bilan, o'zlarini o'ldirish maqsadida kelgan terroristlarga qarshi himoya qilmoqdadir" dedi.

972 jurnalidan Dahlia Scheindlin Netanyahuning aytganlarini “yolg'on" deya baholadi. Xalqaro amnitsiya tashkilotining 2014-yilning fevral oyida chop etgan hisoboti, Isroilning bolalar doxil barcha falastinliklarni pisand qilmay o'ldirganligi va yarador qilganligini iddio qildi. Bu hujjatlar ortaga chiqmasidan biroz avval Isroil 51 kun davom etgan G'azo hujumini boshlatdi. Ko'pchiligi tinch aholi, kamida 578 nafari yosh bolalardan iborat bo'lish bilan birga jami 2415 falastinlik yosh bola o'ldirildi.

Falastin Xalqaro bolalarni himoya qilish tashkilotiga ko'ra 2015-yili kamida 28 bola Isroil kuchlari tomonidan o'limga yetaklovchi darajada yarador qilindi. Bu Isroilning, “o'ldirish uchun oq uzish" siyosatidan kelib chiqqan holda amalga oshdi.

Leahy undan tashqari Netanyahuning iddiolariga javob bergan holda, “20 yildan beri Leahy Qonuni teng ravishda. Bu qonun dunyo miqyosida barcha mamlakatlarga qarshi teng huquqlidir va Amerikaning harbiy yordami mavzusida esa umumiy xavfsizlik kuchlariga emas balki ma'lum harbiy xodimlarga va bo'limlarga qarshi amalga oshiriladi" dedi.

Global mubohasani yana-da murakkablashtirgan Netanyahu, juma kuni Kerryga qo'ng'iroq qilib, Amerika Qo'shma Shtatlarining Isroilning huquqdan noqonuniy jazolardan mas'ul emasliklarini izoh etishini talab qildi.

Bahs, hozirgi kunda ham davom etar ekan Netanyahu, Amerikaga bir yilda 4.5 milliard dollarlik harbiy talabini yetkazdi.

Faqat, Amerikaning Do'stlari tashkiloti qo'mitasi hukumat munosabatlaridan mas'ul Raed Jarrar AlterNetga bergan izohida “Netanyahu" boshqaruvi siyosat va amaliyotlarida haddidan oshmoqda. Qilganlari, Amerikaning ochiq tekshirish siyosatini imkonsiz vaziyatga tushirmoqda" dedi.



Aloqador xabarlar