Turkiyaning yangi g'oyasi 13-qism

Hech qaysi qadriyat g'ayriinsoniy usullar bilan, vaxshiylarcha amalga oshirilgan qatliomlar orqali qo’lga kiritilmaydi.

459598
Turkiyaning yangi g'oyasi 13-qism

Taniqli ispan faylasufi Xose Ortega-i-Gasset o'zining San'atda degumanizatsiya (The Dehumanization of Art) deb nomlangan kitobida bir voqeaga guvoh bo'lgan bir necha kishining voqeani nima uchun va qanday qilib farqli tushunganligini quyidagicha izoh etadi: “Taniqli bir kishi o'lim to'shagida yotipdi. Turmush o'rtog'i esa yonida. Shifokor esa jon berayotgan kishining tomir urishini teksharib ko'rmoqda. Keyingi rejada yana ikki kishi bor; ulardan biri bemorning yonida bo'lishi shart ekanligi uchun turgan muxbir, ikkinchisi esa tasodufan kelib qo'lgan bir rassom. Bemorning turmush o'rtog'i, shifokor, muxbir va rassom bir xil voqeaga guvoh bo'lmoqda. Bu faqatgina bitta voqeadir. Bunchalik farqli ko'rinishning mushtarak foydasi borligini aytish judayam murakkab. Tashvishlanishdan boshqa qo'lidan hech narsa kelmayotgan g'amgin ayol bilan voqeani hech qanday ta'sirlanmagan holda tomosha qilayotgan rassom o'rtasidagi farq shundayin kattaki; har ikkalasining bir xil voqeaga guvoh bo'layotganligini aytish imkonsizdek. Shunday ekan ochiq-oydin shuni aytib o'tishimiz mumkinki, bir voqeaga farqli ko'z qarashlardan qaralganida voqea bir necha haqiqatga bo'linmoqdadir. Qiziq, bu haqiqatlardan qaysinisi to'g'ridir degan savol tug'iladi birdaniga. Javob esa qanday qaror berganimizga qaramay batamom o'zboshimchalik bilan o'rtaga tashlanadi. Birini boshqasiga almashtirishimiz faqatgina injiqligimizdan kelib chiqqan holda amalga oshishi mumkin. Barcha haqiqatlar tengdir va har bir ko'z qarash, haqiqatga guvoh bo'lgan ko'z qarashlarning ongiga ko'ra o'zgachalik tug'diradi. Faqatgina shuni amalga oshirishimiz darkor yani, ko'z qarashlarni sinifga bo'lishdir. Birma-bir qavs ichiga olishdir. Oxirida esa ular orasidagi eng oddiyini, spontane bo'lganini tanlashimiz darkor.

Bir xil voqealarga qarshi farqli reflekslarga ega bo'lishlik albatta tabiiy holatdir. Har bir inson o'z ideologiyasi bilan ishonchi chizgan yo'ldan qaraydi dunyoga. Bu ham, tabiiy holat. Faqat eng asosiy masala, odam bolasining chizgan chizig'idan hech qachon voz kechmasligi va shaxsiy tanlovini mutloq “haqiqatdir" deya oyoq tirab turib olishidir.

Bugungi kunda Yevropa, o'z ideologiyasini butun dunyoga yoyish bilan ovora. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va demokratiya yaratgan imkonlar odam bolasiga katta ishonch baxsh etganligi ma'lum. Faqat bu vaziyat ayni chog'da to'g'ri ishga qo'l urdi yoki to'g'ri ishga qo'l uradi degan ma'noni anglatmaydi. Belgiyada ro'y bergan portlashni misol keltirishimiz mumkin. Terrorning dini, millati, ideologiyasi va hududi yo'qdir. Bu bir haqiqat. Shiddat va terror, hech kimga foyda bermaydi. Bryusselda istiqomat qilishdan yoki Bryusselda bo'lishlikdan boshqa hech qanday gunohi bo'lmagan insonlarning umriga zomin bo'lgan bir kishining qanday ideologiyasi bo'lishi mumkin? Qaysi ishonch begunoh insonlarning o'lib ketishini tasdiqlaydi. Qaysi etnik kelib chiqish tarixi boshqasining o'limi ortidan tashkil topadi. Terror, bugungi kunning eng dolzarb muammosiga aylandi. Terrorga qarshi kurashda ikki mavzudan voz kechilmasligi kerak. Biri xalqaro hamkorlik, ikkinchisi esa terrorizmga qarshi kurashdir.

Hech qaysi qadriyat g'ayriinsoniy usullar bilan, vaxshiylarcha amalga oshirilgan qatliomlar orqali qo'lga kiritilmaydi.

Bugungi kunda G'arb davlatlari bu mavzudagi eng achchiq tajribalarga egadir.

Terrorga qarshi birgalikda kurash olib borishga va terror yaratgan yaralarni tuzatishga majburmiz. Chunki dunyo chegarasiz, bir-biriga integratsiyalashgan vaziyatda. Anqaradagi hujum Bryusselga, Bryusseldagi hujum Anqaraga qaratilgandir.

Aziz dasturimizmuxlislari,

Yildirim Boyazid universiteti, Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti, Sotsiologiya bo'limi o'qituvchisi professor doktor Mazhar Bag'lining mavzu haqidagi mulohazasini e'tiboringiga havola qildik.



Aloqador xabarlar