Turkiyaning madaniy xazinalari 12-qism

Turkiyaning poytaxti Ankara yaqinlaridagi Polatli tumanida joylashgan Gordion antik shahri va Frigiya Imperatorligining afsonaviy qroli Midas haqida ma'lumot...

456234
Turkiyaning madaniy xazinalari 12-qism

Bugungi dasturimizda Turkiyaning poytaxti Ankara yaqinlaridagi Polatli tumanida joylashgan Gordion antik shahri va Frigiya Imperatorligining afsonaviy qroli Midas haqida ma'lumot beramiz.

Frigiyaliklar meloddan avvalgi 1200-yillarda Hitit Imperatorligining dengiz orqali hujumga o'tishi oqibatida, Bolqonlardan o'tib, Ankara atrofiga kelib joylashgan. Ular vaqt o'tishi bilan tuproqlarini kengaytira boshlaganlar. Ankaraga 100 km uzoqlikda joylashgan Gordion antik shahri Qrol Gordios tomonidan poytaxt qilib e'lon qilingan. Frigiyaliklar yunon alfabetiga juda o'xshash bo'lgan yozuvdan foydalanganlar. Diniy jihatdan ham juda faol bo'lganlar. Ular ona tangrichasi Kibela va uning umr yo'ldoshi tangri Menga sig'ingan.

Yozma qoya va Frig vodiyida hosil qilingan maydon ularning eng katta diniy markazi bo'lgan.

Kunimizda ham ularga tegishli ba'zi qoldiqlarni, jumladan ibodat marosimlari o'tkazilgan va qurbonlik hayvon so'yilgan joylarni uchratish mumkin.

Ular qoya toshlariga o'yib ishlangan eshik shaklidagi mozorlarning narigi dunyoga ochilishiga ishonganlar.

Frigiyaliklar meloddan avvalgi 9 va 8-asrlarda texnologik va iqtisodiy jihatdan juda rivojlangan. Ular butun dunyoga oliy texnologiya mahsulotlarini sota boshladilar. Masalan; ilgek ular tomonidan ijod qilingan. O'sha davrlarda ilgek kunimizdagi tugma o'rnida ishlatilgan. Ular ko'pgina xomashyo sotib olib, o'rniga sanoat mahsulotlari sotar edilar.

Midasning otasi Gordios oddiy qishloq insoni edi. Bir bashoratchi, qrol vafot etganda ertasi kuni tongda shaharga birinchi bo'lib taxta aravasida kim kirib kelsa o'sha qrol bo'lishini aytadi. Gordios shunday baxtli insonlardan biri edi. U xalqning sevinch hayqiriqlari bilan kutib olinib, qrol sifatida tan olinadi. U shaharga kirib kelayotganda aravasini Zeusga atab qurdirgan ibodatgohning oldiga qo'ygan edi.

Gordion aravaga tugun chugib qo'yadi. Afsonaga ko'ra, bu tugunni yechgan inson dunyoga hukmdor bo'ladi. Buyuk Iskandar forslar bilan bo'lgan urushda Gordionga keladi, so'ngra taxta arava bilan tugunni ko'zdan kechiradi. Tugunni yechmoqchi bo'lgan Iskandar qattiq urinishiga qaramay uni yecha olmaydi. So'ngra, jaxli chiqqan Iskandar qilichi bilan tugunni kesib tashlaydi.

Sharqqa tomon safarini davom ettirgan Buyuk Iskandar Hindistongacha yo'l yuradi va dunyoga xokim bo'ladi. Midas taxtga o'tirganda Frigiya Imperatorligi gullab yashnaydi. Qrol Midas haqida butun dunyoda turli afsonalar paydo bo'la boshlaydi.

Bir afsonaga ko'ra, musiqa tanlovida jyuri a'zosi bo'lgan Midas tangri Appollonning musiqasini emas, balki echki Panning surnayini yoqtirib qoladi. G'azablangan Appollon mayin musiqani tinglamagan Midasning quloqlarini eshakning qulog'iga aylantirib qo'yadi.

Quloqlarini yashiradigan shapka kiymasdan ko'chaga chiqa olmaydi. Eng ohiri bir sartaroshga borib sochini qirqtiradi. So'ngra, sartaroshga quloqlari haqida umuman hech kimga gapirmaslikni aytadi. Sartarosh bu sirni ichida saqlay olmay bir quduqning og'ziga borib sirni past ovoz bilan aytib yuboradi.

U “Midasning quloqlari eshakning qulog'idir"-deydi. Quduqning yonidan o'tib ketayotgan insonlar quduqdan kelgan aks-sadoni eshitib qoladi va qrol haqida turli mish-mishlar tarqala boshlaydi.

Shunday so'ng, Midas Apollonga yalinib, butun boyligini olib, evaziga quloqlarini o'z holiga qaytarishini iltimos qiladi. Uning tilagi bajo keltiriladi va butun boyligi hamda aslo yiqilmaydigan kuchli davlati yakson bo'ladi. Butun boyligini qo'ldan boy beradi. Rivoyatga ko'ra, Midas bu voqeadan so'ng o'z joniga qasd qiladi.

Janoza marosimiga mamlakatning har tomonidan mehmonlar keladi. Janoza marosimida barchaga ovqat tarqatiladi. So'ngra, marosimda insonlarga tarqatilgan yeguliklardan idishlarga to'ldirilib, mozor boshiga qo'yiladi. Kunimizda arheologlarning qazilmalari natijasida Midasning mozoriga qo'yilgan idishlar topilgan.

Midas bilan bog'liq yana bir afsona shunday: Midasning mehmoni bo'lgan sharob tangrisi Dionisos Midasga “Tila tilagingni bajo keltiraman",-deydi.

Qrol Midas qo'li tekkan barcha narsa oltinga aylanishini istaydi. Bu tilagi bajo keltiriladi, bu safar qo'li tekkan barcha narsa oltinga aylana boshlaydi. Xatto, yegan ovqatlari ham oltinga aylanaveradi. Midas bundan qutulish uchun Dionisosga yalinib, bu sehrni yo'q qilishini istaydi. Shundan so'ng, Midas Dionisosning tavsiyasi bilan Pangalos irmog'ida cho'miladi va bu shaklda darddan qutuladi. Hozirgi kunimizda bu irmoqdan oltin qazib chiqarilmoqda.

Gordion shahri yaqinlarida yuzlab qo'rg'on mavjud. Bu qo'rg'onlarning ichida taxtadan yasalgan o'lik xona joylashgan. Ustiga tuproqdan piramida shaklida bir tepalik hosil qilingan. Tepalikning ustiga Frigiyaliklarning bosh tangrisi bo'lgan Menning haykali o'rnatilgan.

Bu tepaliklar kunimizgacha yomg'ir va qorlar ta'sirida pasaygan holda yetib kelgan. Arheologlarning fikricha, hozirda ko'rinib turgan tepaliklar o'sha davrlarda balki bundan 20 barobar kattalikda bo'lgan. Qrol Midasning taxtadan yasalgan maqbarasi dunyoda bilingan eng qadimgi mozorlardan biridir. Mozorning yonida Gordion muzeyi joylashgan.

Mozor atrofida topilgan idishlar, taxta stollar kunimizda Ankaradagi Anadolu madaniyatlar muzeyida namoyish qilinmoqda. Bu muzeyda Midasning bosh suyagi ham saqlanib kelinadi.

Jahon madaniyatida muhim o'rin egallagan Qrol Midasning yashagan joylarini ko'rmoqchi bo'lsangiz sizlarni Gordionga taklif qilib qolamiz.


Tanlangan kalimalar: #Ankara , #Gordion , #Qrol Midas , #afsona , #Frigiya

Aloqador xabarlar