Turkiyaning irodasi…

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning bosh maslahatchisi Ibrahim Kalinning mulohazalari...

451384
Turkiyaning irodasi…

Turkiyaning irodasi…

Turkiya millati qanday bo'lishidan qat'iy nazar, o'z xalqini himoya qilish uchun PKK terror tashkilotiga qarshi kurash olib boradi. Turkiya DAISh terror tashkilotiga qarshi kurash maqsadida tuzilgan koalitsiyaning faol a'zosi hisoblanadi.

Joriy yilning 13 mart kuni poytaxt Ankarada sodir bo'lgan qonli terror hujumi oxirgi paytlarda sodir bo'lgan bir qator terrorchilik harakatidan biridir. Turkiya bir tomondan DAIShga qarshi, bir tomondan esa, PKK terror tashkilotiga qarshi kurashni kuchaytirar ekan, xalqaro terrorizmning o'ljasiga aylandi.

Bunday terrorchilik harakatidan kelib chiqqan bo'xronga qaramasdan, Turkiya terror tashkilotlariga taslim bo'lmaydi. Turkiyaning kuchli irodasi va chidamliligi bu tahdidni tubdan yo'q qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

DAISh va PKK terror tashkilotlari tomonidan sodir qilingan hujumlar 5 yildan beri davom etgan Suriyadagi ichki urushning natijasidir. DAISh terror tashkiloti Turkiya-Suriya chegarasi mobaynida koalitsiya kuchlari tomonidan siquvga olinishi bilan, Turkiyaga tazyiq o'tkazish uchun turk viloyatlari va shaharlariga hujum qilmoqda.

DAISh terror tashkiloti oshkoralik bilan Turkiyani o'ziga dushman sifatida e'lon qildi. Xatto, tashkilotga xizmat qilgan internet saytlari Turkiyani va Prezident R.T.Erdog'anni “islom dushmani" deb e'lon qilmoqda.

PKK terror tashkiloti ham bunga o'xshash metod qo'llamoqda. Diyarbakir, Hakkari, Shirnak va Mardin kabi janubi sharqiy territoriyalarda siquvga olinishi bilan, Ankara va boshqa katta shaharlarga tarqalmoqdalar.

Ularning niyati bunday terrorchilik harakatlari bilan xalq o'rtasida qo'rquv yaratish va bu shaklda hukumatni PKKga qarshi yuritgan operatsiyalarini to'xtatishga majburlashdir. Vaholanki, Turkiya DAISh va PKK kabi terror tashkilotlariga aslo bo'yin egmaydi.

G'arb davlatlar DAISh va PKKning Suriyadagi hamkori PYD terror tashkilotining qurolli tashkiloti YPGni bir-biriga qarshi jang qilayotgandek qilib ko'rsatsa ham, aslida barchasi Turkiyaga qarshi kurashmoqda. Ikki terror tashkiloti ham Turkiyani tiz cho'ktirish uchun bunga o'xshash metodlardan foydalanmoqda.

Biz qurbonlar uchun motam tutar ekanmiz, bundan o'z manfaatlari yo'lida foydalanmoqdalar. Turkiya hukumati butun dunyoni nafaqat o'zi uchun, balki Yaqin sharq va Yevropa uchun Suriyadagi ichki urushning keng tarqalishiga doir ogoh qilayotgan edi. Xalqaro hamjamiyatning Suriya xalqini himoya qilish va qon to'kilishini to'xtatishda muvaffaqiyatsiz ekani nazarda tutilganda, DAISh terrorchilik harakati kelgusida Belgiya, Fransiya va Tunisga ham tarqalishi oshikordir.

Ongli ravishda Suriyadan kelib chiqqan qochqinlar masalasi Yevropada katta muammoga aylandi. Qochqinlar masalasi qanday va qachon bartaraf etilishi Turkiya, Yunoniston, Brussel va Yevropa uchun yechim topish mushkul bo'lgan dolzarb muammoligicha qolmoqda.

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davuto'g'lining yevropalik liderlar bilan olib borgan muzokaralari Suriyadan Yevropaning turli mintaqalariga yetib borgan qochqinlarni boshqarish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Faqat, bu muammo aslida Turkiyada yoki yunon orollarida emas, balki Suriyada urushni to'xtatish bilan hal qilinadi.

Turkiya hukumatining PKK to'g'risidagi qayg'ulari yana bir bor hamma tomonidan tushunarli bo'ldi. G'arblik sharhlovchilarning aksariyati PKKning o'z foydasi uchun, Suriyadagi ichki urushdan qanday foydalanganini ko'rmaslikka olmoqda. Go'yo shu yo'l orqali DAIShga qarshi kurashmoqdalar. Faqat, haqiqat shuki PKK, Turkiyadagi yechim jarayoniga putur yetkazdi. Suriyadagi urushdan foydalanmoqchi bo'ldi. O'tgan yili PKK liderlari aytganidek, Suriya urushi davom etgan taqdirda, PKK o'z qo'lidagi qurolni hech qachon tashlamaydi. Nima uchun? Chunki, Suriyadagi ichki urushni turk davlatiga qarshi olib borayotgan qurolli kurashi uchun qutqaruvchi bir bahona sifatida foydalanmoqdalar.

PKK va uning Suriyadagi hamkori DAIShga qarshi kurash bahonasida o'z faoliyatini kuchaytirdi. Xatto, bugungi kunda o'zini judayam jasur his qilmoqda. Turkiyada faoliyat ko'rsatayotgan PKK a'zolarining Suriyadagi hamkori PYD terror tashkiloti nazoratida bo'lgan mintaqalardan yordam olayotgani bugungi kunda hech kimga sir emas.

Qiziqarli tomoni shundaki, ba'zilar Turkiyaning Suriyadagi ichki urush bilan DAIShga qarshi kurash doirasida PKK muammosini kun tartibiga olib chiqishini tanqid qilmoqda. Xattoki, Turkiya DAISh terror tashkilotiga qaraganda ko'proq PKK terror tashkilotiga qarshi kurash olib borganlikda ayblanmoqda. Joriy yilning 17-fevral va 13-mart kunlari yuz bergan hujumlar PKKning Turkiyada, qay darajada xavfli ekanini namoyon qildi. Turkiyaning tinchligi uchun xavf tug'dirgan PKK muammosini ovoza qilish DAISh terror tashkilotiga qarshi kurashda ommani haqiqiy holatdan chalg'itish emas. Aksincha, Turkiya PKK bilan DAISh tahlikasini ovoza qilishda haqli, chunki bu ikki terror tashkiloti Turkiyani o'z manfaati uchun nishonga olmoqda. Ba'zilarining bu haqiqatni tushunib yetmasligi odamning boshini yerga qaratadi.

Bundan 26 va 36 yil muqaddam, yani 1980-1990-yillarda butun dunyo miqyosida Al-Qoida kabi terror tahdidi mavjud edi. O'sha vaqtlarda Buyuk Britaniya hukumatining Irlandiya Respublikasi armiyasining terrorizmga qarshi kurashini hamma bir chetda o'tirib tomosha qilgan. Huddi mana shu vaziyatga Ispaniyaning basklar tashkiloti va Erkinlik terroriga qarshi haqli kurashini ham misol keltirishimiz mumkin. PKK va DAISh mavzusida Turkiyaning vaziyati ham yuqorida tilga olingan o'rnaklardan farqli emas. PKK terror tashkilotining g'arbga emas, balki Turkiyaga hujum qilishi, vaziyatni yana da ahamiyatsiz va oddiy voqeaga aylantirib qo'ymaydi.

Turkiya kurd fuqarolari bilan birga barcha fuqarolarini himoya qilish maqsadida PKK terror tashkilotiga qarshi kurashishni davom ettiradi. Turkiya DAIShga qarshi tashkil etilgan koalitsiyaning faol a'zosi bo'lishni ham davom ettiradi. Faqat DAIShga qarshi kurash olib borish, PKK terror tashkilotini ko'rmaslik degani emas. Turkiya hukumati o'z ittifoqdoshlarini terrorizmga qarshi kurashda bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirish xususida haqlidir.



Aloqador xabarlar