Usmoniy haftasi maxsus rukni

Usmoniy Imperiyasidan Turkiya Respublikasigacha bo'lgan jarayon.

425584
Usmoniy haftasi maxsus rukni

Usmoniy Imperiyasi uch qit'aga tarqalib asrlar bo'yicha tartib-nizom o'rnatgandir. Keng tuproqlarga ega ko'p din, millatga ega imperiyani vujudga keltirish oson bo'lmagan. Imperiyalikni 700 yil oldingi aloqa yo'llari bilan boshqarish, bir orada tutish ham muamo bo'lgan.

Usmoniy davlatini vujudga keltirgan O'g'uzlarning Kayi qabilasidan bo'lgan Turklar Mo'g'ul bosqini va bosim kelishi natijasida O'rta Osiyodan ko'chgan. Ko'niyadan Onado'lini boshqargan va Mo'g'ul oqimlari natijasida charchagan Onado'li Saljuqiy davlati ularni So'g'ut atrofiga joylashtirgan. So'g'ut va atrofini o'zlariga vatan qilib olgan Kayi qabilasi 400 chodirdan vujudga kelgan ko'chmanchi xalq edi. Vizantiya davlatining tuproqlari bilan chegarali So'g'utga joylashgan Kayilar, Ertug'rul G'ozi boshchiligida hududda hayotini boshlagan. Bu yerda Vizantiyali qabilalar bilan to'qashuvlar davom etgan. Bu to'qnashuvlarda Vizantiya kuchini boy berishga boshlagan. Shunday qilib Kayilar tuproqlarini kengaytirishga boshlagan. Onado'liga yangi tuproqlar fathi va Turklashtirish faqat harbiy yo'llar bilan amalga oshmagan. Ayni paytda Xurosonda Xo'ja Ahmad Yasavi tomonidan asoslangan va O'nado'liga yuborilgan shogirdlari bu yerda Islom Turk falsafasining eng go'zal namunasini tarqatgan. U davrlar Mavlono, Yunus Emre, Xo'ji Bektoshning monaviy rahnamoligi Onado'lini oydinlatgan. Yangi vatanni Turklashtirish va Musulmonlashtirishga Xuroson ziyolilari bilan savdogarlar tashkiloti bo'lgan 'Ahilik' katta hissa qo'shgan. Mavlono va Xo'ji Bektoshning suhbatlariga qo'shilgan Shayx Adaboli Usmoniy Davlatining fikir memori bo'lgan. Takkasida bir oqshom qolgan Usmon bek, bir tush ko'radi. Tushini shayga tushintirganda u Usmon G'ozining Bek bo'ilishini, qizi bilan uylanishini va undan ko'p podshohlar chiqib cheksiz yerlar va daryolarga hukum surishini aytgan. Tushi ro'yobga chiqgan Usmon G'ozi uning qizi Malhun Xotun bilan uylangan, otasidan keyin nomini olgan beklik, Onado'lu Saljuqiy sultonligi tarqalgandan keyin Onado'lida o'z mustaqilligini e'lon qiladi.

Usmoniy davlati qisqa orada tuproqlarini kengaytirishga boshlaydi. Vizantiyaga qarshi qozongan harbiy zafarlar va fathlar Turk qabilalari bilan Usmoniy tuproqlarini rivojlantirgan. 1299 yili vujudga kelgan Usmoniy Bekligi avvalo Marmara va Eskishehirga tomon rivojlangan. Usmon bek hayotdan ko'z yumgandan keyin, Bursa o'g'li Orhan bek tomonidan fath etilgan. Otasi va ular izlagan siyosatga ko'ra yangi fath etilgan Bursadagi kumush rang qubbani oltin bilan to'ldiradi. G'ayri muslimlar ham me'moriy va nafis san'atlar sohasida faoliyatlarni kuchaytirgan. Ular ham qatnashgan diniy va ko'p millatli tuzilish rivojlanadi. Musulmon bo'lmaganlarga ayrim haqlar tanish, jonlari va mollarini muhofaza etishni kafolat ostiga olishi fathlarni osonlashtirgan. Bosib olingan yangi yerlar Usmoniy adolati va tartibini tezda qabul qilgan. Orhan bekning o'g'li I-Murod davrida Yenicharlar tashkilotini vujudga keltirib Musulmon bo'lmagan xalqdan lashkar to'plab Usmoniy davlatini yana ham kuchli qilgan. Ayni davrlar Chonaqqal'a bog'azidan Frakiya va Yevropaga o'tib qisqa orada Edirnaning fathi va poytaxt bo'lishi Usmoniylarning Yevropadagi qudratini ko'rsatmoqda. Bir tomonda Yevropadagi fathlar davom etar ekan boshqa tomonda Vizantiyada Ustanbul va atrofi o'rab olingan edi. Qisqa orada bir shahar davlatiga aylangan Istanbulning Yildirim Beyazit tomonidan qurshovga olinishi, Amir Temurning Onado'liga kuchli lashkari bilan kelishi natijasida yârim qolgan. Anqarada Timur bilan jang qilgan Usmoniy qo'shini mag'lub bo'lib, podshoh asir tushadi. Undan keyin boshlagan suslik jarayoni Chalabi Mehmetning qayta birlik vujudga keltirishi bilan nihokasiga yetdi. Chalabining nabirasi Sulton II. Mehmet, Istanbulni 1453 yili qurshovga olib ajdodi boshlatgan ishni yakunlaydi. Fath etgandan keyin Fotih Sulton Mehmet deb aytilgan sulton Mehmet bilan Usmoniy Davlati Imperiyaga aylanadi. Poytaxt Istanbulga ko'chiriladi. Usmoniy podshohlari o'zlarini Vizantiyaning davomi sifatida ko'rib Sezar unvonini ishlatgan edi. Yovuz Sulton Salimning Misrni olishi bilan podshohlar endi Islom Xalifasi unvonini ham ishlatishga boshlaydi. Uning o'g'li qonuniy davrida Usmoniy davlati cho'qqalarga chiqgan. Mojaristonda o'tkazillgan Mohach jangi Yevropada Turk hukumronligini kuchaytirdi. Bu urushdan keyin 150 yil bo'yicha hech bir Yevropa qo'shini Usmoniy lashkariga qarshi jang qilish jur'ati topa olmagan

Davlatning vujudga kelishi va kuchlanish shartnomasida texnologik rivojlanishni tezda qabul qilgan Usmoniy Imperiyasi matbuotning ijodi va sanoat inqilobi kabi o'zgarishlar suhasida ortda qolgan. Yunon qo'zg'olonlari oqibatida Rossiya, Avstriya bilan davomli urushlar maydonga kelgan. Urushlardan keyin mag'lubiyat va tuproq boy berish jarayoni XIX- asrda Yevropa davlatlarining Usmoniy Imperiyasiga 'Bemor' odam deb aytishi va tuproqlarni parchalash fikri chiqgan. Lekin I.Jahon urushida mag'lub bo'lgan Germaniya safida joy olgan Imperiyani omadsiz kelajak kutgan. Istanbul ishg'ol qilingandan keyin Turklar yangi bir mustaqillik urushiga boshlagan. Uzoq kurashdan keyin Usmoniy kullaridan 'Zumrut' misoli yangi Turkiya Jumhuriyati vujudga keladi. Usmoniy imperiyasi yaxshi-yomon 622 yil hukum surgan. Yevropa, Kafkaziya, Yaqin sharq, Bolqonlar, Shimoliy Afrikaning tarixi Usmoniy tarixini ko'zdan kechirmasdan bilinmaydi. G'arbning tabiiy va inson manbalarini tugatgan mustamlakachi tushunchasi Usmoniy tomonidan tatbiq etilmagan. Musulmon bo'lmagan jamiyatlar va millatlarga majburlab din almashtirish Usmoniyda hech qachon bo'lmagan. Dunyo tarixining ayrilmas bir parchasi bo'lgan Kurt, Turk, Arab, Bosniyalik, Alban, Arman, Yunon, Serb, Horvat, Bolgar hattoki Italyan va Mojarlar bo'lgan Usmoniy Imperiyasini kuchlantirgan.



Aloqador xabarlar