Turkiya nazaridan yaqin sharq 4-qism

Eronga tatbiq etilgan sanktsiyalar bekor qilindi.

424757
Turkiya nazaridan yaqin sharq 4-qism

.Hasan Ruhoni vazifaga kelgandan keyin Eron yadro muzokaralariga boshladi. Eron bilan G'arb davlatlari (AQSH, Rossiya, Xitoy, Angliya, Fransiya va Germaniya) o'rtasida olib borilgan uchrashuvlar 2015 yili 14 Iyul kuni shartnoma bilan natijalangan edi. Mushtarak Faoliyat Rejasi sifatida tarif etilgan shartnoma bilan tomonlar bir yo'l chizgan.
Ushbu yo'l xaritasiga ko'ra, 16 Yanvar kuni Xalqaro Yadro Energiya Agentligi (UEEA), Eron zimmasiga olgan mas'uliyatlarni bajo keltirganini hisobotida bildirdi. Undan keyin AQSH va Yevropa Ittioqi Eron ambargosini bekor qildi.
Bu Saudiya Arabiston va Ko'rfazdagi ittifoqdoshlarini, 2003 yili Iroqdagi rejim o'zgarishini mintaqaviy kuch muvozanatining ijobiy natijasi sifatida baholandi. Bu Saudiya Arabiston va Ko'rfazdagi ittifoqdoshlarini, Isroilni, Amerikan Jumhuriyatchi Kongress a'zolari va neo-konservativlarni va hattoki AQSH bilan aloqalarning tiklanishiga qarshi chiqgan Erondagi muhofazakor tomonni bezovda qilgandir. Qolaversa Arab Bahori ham qag'ulantirmoqda. Arab o'lkalaridagi Shialar ustida Eronning ta'siri, Saudiya Arabiston va ittifoqdoshlari farqli amallarga ega bo'lganini tushunmoqda.
Isroil esa Eronni bir tahdit sifatida ko'rmoqda. Isroil mudofaa vaziri bir necha kun ichida, Daishni Eron o'rniga afzal ko'rishini aytgan edi. Isroil, Eronning tushunchalaridan mamnun emas. Ayni paytda Eronning Hamas, Islomiy Jihod va Hizbullohga bergan dastagini bir tahdit sifatida baholamoqda.
AQSHli Jmuhuriyatchilar va neo-konservatiflar esa Eronga qarshilar. Bulardan biri, AQSHning kurraviy va mintaqaviy manfaatini tahdit etganini tusuhnmoqda. Ikkinchisi, Isroilni cheksiz qo'llab-quvvatlagani uchun Eronga qarshi bo'lishga olib kelmoqda.
Oralarida Inqilob Muhofizlari ham bo'lgan Eronli muhofazakorlar AQSHga qarshi tarang siyosatini davom ettirish mavzusida qat'iy. Mavjud vaziyatdan kelib manfaatlarini muhofaza etish, ichki va tashqi siyosatda pragmatik davlat rahbari Huhoni va guruhini kuchaytirmoqda. Ruhoni va guruhing muvaffaqiyati muhofazakorlarning boy berishiga olib kelmoqda.
Bekor qilingan sarmoyalar faqat yadro dasturiga bog'li va AQSH bilan Eron o'rtasida boshqa kelishmovsizliklar bo'lishiga qaramay, ikki o'lka o'rtasidagi aloqalar jihatidan yangi bir sahifa ochilganini aytish joiz. Bu bosqichga kelishda ikki xusus mavjud. Birinchisi, AQSHning tahdit tushunchasida bir dushman davlat o'rniga Obamaning Birlik barobarlikni muhofaza etishni davom ettirishini aytgani kabi, muvaffaqiyatsiz davlatlar taranglikni orttirgandir. Bularning boshida Deash va Al Qoida kabi millatlararo qurolli tashkilotlarning faoliyatlari joy avj olgan. AQSH bunlarga qarshi kurashni Yaqin sharqda barqarorlik o'rnishga ahamiyat bermoqda va Eron bilan bu mavzuda mushtarak nuqtada bo'lganini tushunmoqda.
Bir boshqa o'zgarish, Obama davridagi tashqi siyosatda Osiyo-Tinch Okeani birinchi navbatdagi geopolitikaga aylangandir. Xitoyni o'rab olish maqsadi bilan Osiyo-Tinch Okean siyosati, Obama boshqaruvining Yaqin sharqdagi mas'uliyatlarini kamaytirishi kerak. Eron bilan mavjud masalalarni bartaraf qilish va Eronni xalqaro jamoatchilikka moslashishi AQSHning mintaqada ishini yengillashtiradi. Shuningdek Iroqda barqarorlik o'rnatish har ikki o'lkaning manfaatlariga xizmat qiladi. Ikki davlatning Suriya mavzusida ham hamfikir bo'lishi muhim.
Sanksiyalarning bekor qilinishi Eronning neft ishlab chiqarish hajmini orttirishi mumkin. Lekin neft narxlari pasayib borgan bu davrlar buning Eron iqtisodiyotiga qo'shadigan hissalari cheklangan bo'ladi. Iqtisodiy va moliyaviy jihatdan Eronning xalqaro banklarda muzlatilgan 100 milliard dollardlik boyligining ham kuchga kirishi muhim. Shuningdek xalqaro shirkatlar Eronga vakillarini yuborish uchun bellashmoqda. Shuning uchun Eron iqtisodiyotida qisqa orada muhim harakatlanish kutilmoqda.
Eronning yangi moliyaviy imkoniyatlarini harbiy kuchga aylantirib aylantirmasligi Saudiya Arabiston va ittifoqdoshlarini, Isroilni va Amerikali Jumhuriyatchilar bilan neo-konservatiflarni qayg'ulantirmoqda. Eronda mavjud shartnoma Ruhoni va tarafdorlarini kuchli qilgan.
AQSH bilan Eron o'rtasidagi taranglikni kamaytirish uchun muhim bo'lgan yadro kelishuvi doirasida sanktiyalarni bekor qilish ikki o'lka o'rtasida barcha masalalarga yechim emas. AQSH, yadro dasturidan tashqari sanktsiyalarni davom ettiradi. Shuningdek balistik raketa tatbiqotlari o'tkazgani uchun Eronga yangi bir kanktsiya keltirdi.
AQSH mintaqa bilan aloqali nazariyasining o'zgarganini imo qilib sobiq ittifoqdoshlarini ham boy berishni istamaydi. Eron bilan kelishmovsizlik yashagan barcha mavzularga yechim topilmagan. AQSHdan xohlaganini talab qilgan Isroilning bu marotiba yadro shartnomasiga va sanktsiyalarni bekor qilishni oldini ola olmadi, AQSHning yangi Yaqin sharq tushunchasida Isroildan voz kechganini tushuntirmaydi. Lekin Isroil bilan aloqali farqli uslub izlashini imo qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #eron , #sanktsiya , #bekor , #qilindi , #yevropa , #aqsh , #say-harakatlari

Aloqador xabarlar