Butun jahon, Turkiyadagi saylovni yaqindan kuzatib bordi

1-noyabr kuni Turkiyada o’tkazilgan umumiy saylov Amerika va Yevropa matbuotida keng o’rin oldi.

408196
Butun jahon, Turkiyadagi saylovni yaqindan kuzatib bordi

Yevropa matbuoti ilk natijalarni “Adolat va taraqqiyot partiyasi muhim va buyuk zafar qozondi” degan sarlavha orqali e’lon qilar ekan, AQSh matbuoti esa “Ajoyib qaytish” deya xabar tarqatdi.

Germaniyaning Bild gazetasi, “Turkiyada saylov-Erdog’anning Adolat va taraqqiyot partiyasi-Mutlaq ko’pchilik ovoz” degan sarlavha bilan tarqatgan xabarida ilk tahminlarga ko’ra Adolat va tarqqiyot partiyasining mutlaq ko’pchilik ovozni qayta qozonganligini ta’kidladi.

Spiegel jurnalining internet sahifasi esa, “Erdog’anning Adolat va taraqqiyot partiyasi aniq g’alaba qozondi” degan sarlavha bilan ma’lumot tarqatdi.

Fransiyaning rasmiy axborot agentligi AFP umumiy saylov natijalarini, “Adolat va tarqqiyot partiyasi yakka o’zi hukumat tuzadi” degan ifodaga o’rin berdi.

Turkiya saylovini Diyarbakirga yuborgan muxbiri orqali kuzatib borgan Fransiyaning Le Monde gazetasi esa, saylov natijalarini, “AK partiya mutlaq ko’pchilik ovozga erishdi” degan ifoda ila e’lon qildi.

Angliyaning BBC axborot vositasi, “AK partiya mutlaq ko’pchilik ovoz sari ildamlamoqda” degan sarlavhasida Adolat va taraqqiyot partiyasining umumiy saylovning ilk natijalariga ko’ra parlamentda aksariyat ovozni qo’lga kiritgandek ko’ringanligi haqida ma’lumot tarqatdi.

BBCning Anqarada tuz efirga bog’langan muhbiri Gavin Hewitt esa, “Yevropa bu saylovning natijalarini yaqindan kuzatib boradi. Yevropa Turkiyaga nazar tashlaganida balki yana-da kuchliroq hukumat bilan uchrashadi. Bu ham ayniqsa muhojirlar inqirozi haqidagi muzokaralarning yana da qulay hal qilinishini ta’minlay oladi” dedi.

Angliyaning Financial Times (FT) gazetasi esa ilk natijalarni “Erdog’an g’alaba ostonasida” degan sarlavha orqali e’lon qildi.

The Guardian esa, “Erdog’anning AK partiyasi ko’pchilik ovozni qo’lga kiritadi” deya ma’lumot tarqatdi.

Reuters axborot agentligi esa saylov natijalari haqida, ”AK partiya yagona partiya iqtidoriga qarab yo’l olmoqda” deya sarlavha qo’ygan.

Gollandiya mediasi ham Turkiyada o’tkazilgan umumiy saylov natijalariga keng o’rin berdi. AK partiyaning katta muvaffaqiyatga erishganini belgilab o’tgan Gollandiyaning NOS telekanali, bu natija bilan faqatgina bitta partiyaning hukumat tuzajagini qayt etdi.

Gretsiya mediasi ham, Turkiyada o’tkazilgan saylov natijalarining AK partiyani muvaffaqiyatga yetaklashini aytdi.

Turkiyadagi saylovni yaqindan kuzatib borgan Ispaniya mediasi ham, saylovni AK partiyaning qozonganligini e’lon qildi. Ispaniyaning eng ko’p tirajli El Pais va El Mundo gazetasi, “Erdog’an qo’llab-quvvatlagan partiya Turkiyada mutlaq ko’pchilik ovozni qo’lga kiritmoqda” degan sarlavha orqali xabar tarqatdi.

Italiya matbuoti ham AK partiyaning saylov g’alabasiga keng o’rin berdi.

La Repubblica, "Turkiyadagi ilk natijalarga ko’ra; g’alaba Erdog’anniki. Erdog’anning AK partiyasi 54 foizlik ovoz bilan iqtidorda” deya ma’lumot tarqatdi.

Avstriya davlat telekanali ORF Turkiyadagi umumiy saylov natijalarini, “Turkiyada saylov: Erdog’anning AK partiyasi oldinda” degan sarlavga ila ma’lum qildi. Shuningdek AK partiyaning 7-iyun kuni qo’ldan boy bergan mutlaq ko’pchilik ovozini takror qo’lga kiritib o’z partiyasi bilan hukumat tuzisihi mumkinligini ham qo’shimchaladi.

Shvetsiyaning fransuz tilida ma’lumot chop etgan Tribune de Geneve gazetasi "Erdog’anning partiyasi parlament saylovida aksariyat ovozni takror qo’lga kiritdi” dedi. Shuningdek, “Erdog’an, Turkiya uchun judayam muhim bo’lgan saylovda osonlikcha g’alaba qozondi” deya qo’shimchaladi.

Shvetsiya matbuoti, “Turkiyadagi saylov Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan AK partiyaning “aniq g’alabasi” deya ifodaladi.

Bosniya va Gertsogovinaning Hayat televideniyasiga qarashli sahifasi bu haqida, “Turkiyadagi umumiy saylovda AK partiyaning katta g’olibiyati” degan sarlavhaga o’rin berildi. Shuningdek norasmiy natijalarga ko’ra AK partiya ovozlarning ko’pchiligini qo’lga kiritib, g’olibiyatni qozonganligi ifodalandi.

Turkiyadagi umumiy saylovlar, AQSh matbuotida ham yaqindan kuzatib borildi.

AQSh matbuoti, Turkiyada 1-noyabr kuni o’tkazilgan saylov natijalari haqidagi xabarida “AK partiya qo’lga kiritgan ovozlar, yolg’iz boshiga hukumat tuzish uchun yetarlidek” der ekan, “ajoyib g’alaba” va “ajoyib qaytish” kabi ifodalarni ham unitgani yo’q.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar