Tafakkur gulshani 96-qism

Mojariston va Gruziyadan Turkiyaga kelgan Anna va Shorenaning Turkiya haqidagi taassurotlari...

401612
Tafakkur gulshani 96-qism


O’tgan dasturimizda Yevropa ko’ngilli xizmati haqida facebook sahifamizga kelgan maktublarga javob berishga harakat qilgan edik.
Bugungi dasturimizda ham sizlardan kelgan savollarga javob berar ekanmiz, ayni paytda Yevropa ko’ngilli xizmati loyihasi asosida Mojariston va Gruziyadan Turkiyaga kelgan Anna va Shorenaning Turkiya haqidagi taassurotlariga o’rin beramiz.
Facebook sahifamizga bir muhlisimizdan quyidagicha savol keldi:
O’rta maktabni bitirganman xalos. Yevropa ko’ngilli xizmatiga qatnashsam bo’ladimi?
“Xa albatta, Yevropa ko’ngilli xizmati uchun birgina shart 17 yoshdan 30 yoshgacha bo’lganlar murojaat qila oladi. Ta’lim saviyangiz yoki iqtisodiy ahvolingiz loyihaga qatnashishingizga to’sqinlik qilmaydi”

Men nogironman. 2 oydan 12 oygacha xorijda yashash men uchun mumkin emas. Yana ham qisqaroq dasturingiz bormi?
“Imkoniyatlari cheklangan ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy yoki geografik jihatdan kambag’al davlatlardan kelganlar yoki nogiron yoshlar 14 kun yoki 59 kundan iborat bo’lgan Yevropa ko’ngilli xizmatidan foydalanishi mumkin. Agar nogiron bo’lgani uchun o’zi yolg’iz bora olmasa, yonida biron yaqini hamrohlik qilishi mumkin va uning ham masraflari to’liq to’lanadi”

Bir muhlisimizdan “Yevropa ko’ngilli xizmati asnosida qancha pul olaman?”- deya savol keldi:
“Mazkur loyiha ko’ngilli yoshlarga mo’ljallangan bo’lib, mexnati evaziga hech qanday oylik to’lanmaydi, lekin kundalik chiqimlari uchun oz miqdorda chor-chaqa beriladi. Bu esa, davlatlarning iqtisodiy ahvoliga qarab turib belgilanadi. Masalan; Turkiyaga kelgan ko’ngilli yoshlarga farqli, Germaniya yoki Finlandiyaga borgan ko’ngilli yoshlarga esa, farqli miqdorda choy-chaqa to’lanadi”

Yevropa ko’ngilli xizmati asnosida qayerda qolaman?- degan savol keldi.
“Yevropa ko’ngilli xizmati asnosida standart yashash shakli yo’q. Bir oilaning yonida yashashingiz mumkin, yoki yotoqxonalarda va o’sha tashkilotdagi boshqa ko’ngilli yoshlar bilan bir uyda qolishingiz mumkin. Turar-joy ta’minlash shakli mezbon tashkilotlarga ko’ra o’zgaradi”.
Endi esa, Yevropa ko’ngilli xizmati loyihasi doirasida Turkiyaga kelgan Mojaristonlik Anna Szikszi va Gruziyalik Shorena Khatchapuridze bilan o’tkazgan suhbatimizni e’tiboringizga havola qilamiz.
Anna Mojaristondan Yevropa ko’ngilli xizmati loyihasi doirasida Turkiyaga keldi. Uning Turkiya haqidagi taassurotlari quyidagicha:
“Ilk marta 15 yoshimda dugonalarim bilan birga Antaliyaga dam olish uchun keldim va Turkiyaga oshiq bo’lib qoldim. So’ngra Mersin, Ankara, Kapadokiya va Istanbulga sayohat qildim. Turk tilini o’rganish va insonlar bilan turkcha gaplashishni orzu qildim. Shu sababli Mojaristonda Turkologiya fakultetiga o’qishga kirdim. Jami 6 marta Turkiyaga keldim” –deydi Anna.
Yevropa ko’ngilli xizmati loyihasi asosida turk tilini o’rganding. Mojar tili bilan turk tili o’rtasida qanday o’xshashliklar bor? Turk tilini o’rganish sen uchun qiyin bo’ldimi?
Xa albatta ikki tilning o’xshashligi menga katta qulaylik bo’ldi. Masalan; “Cho’ntagimda kichkina olma bor” gapi mojar tilida ham deyarli bir xil.
Shorenaning Turkiya haqidagi taassurotlari biroz boshqacha.
“Mening ismim Shorena. 5 oy oldin Turkiyaga keldim. Bu yerga kelganimda hech turkcha bilmas edim. 5 oydan beri Ankaradaman, faqatgina Izmirga sayohat qilish imkonim bo’ldi. Men bu mamlakatni juda yoqtirdim. Yana bir oy Ankarada qolaman. Keyin esa, Tbilisiga qaytaman va u yerda Turkologiya fakultetiga o’qishga topshirmoqchiman”-deydi Shorena.
Anna esa, Turkiyaning juda ko’p shaharlariga sayohat qilganini aytadi.
“Men Kapadokiyaga sayohat qildim. Va yoshlarning u yerga sayohat qilishlarini qattiq tavsiya qilaman. Juda chiroyli va ajoyib shahar. Istanbulda 4 oy bo’ldim. Erasmus dasturi asosida Istanbul universiteti Huquq fakultetini bitirdim”-deydi Anna.
Istanbul senga yoqdimi?-deya savol berganimizda u shunday javob berdi:
“Xa albatta yoqdi. Tarixiy shahar. U yerda juda ko’p tarixiy asarlarni tomosha qilish mumkin. Istanbulga turli davlatlardan yoshlar kelib tahsil olgani ijoyib muhit yaratadi”-deydi Anna.

Anna bugungacha qanday loyihalarga qatnashding?
“Hozirda ingliz tilidan turk tiliga tarjima qish bilan shug’ullanyabman. Qolaversa, turli festivallarga qatnashyabman. Bu festivallarni uyushtirish uchun ofisda faoliyat olib boryabmiz”-deydi Anna.
Shorena sen ham festivallarga tayyorgarlik bo’yicha xizmat qilyabsanmi?-degan savolimizga u shunday javob berdi:
“Nasillar uchrashuvi festivalida keksalar bilan bolalarni uchrashtiramiz. 4 ta joyda keksalar va bolalar bilan birga ishlayabmiz. Yoshlar bilan keksa ziyolilar o’rtasida uchrashuvlar o’tkazamiz. Ularga bir-birining tajribalarini o’rtoqlashishi va bir-biridan foydalanish imkonini yaratishga harakat qilamiz”-deydi Shorena.
Bundan oldin xalqaro ko’ngilli yoshlar bilan tanishmagan keksa insonlar sizga qanday munosabatda bo’lyabdi? –deya savol berdik.
“Juda qiziqadilar. Avval biroz hayron bo’lib qarab turadilar. Keyin esa, juda ko’p savol beradilar. Men ular bilan ishlashdan zavq oldim. Juda yordamsevarlar”-deya javob berdilar.
Turk taomlarini yoqtirdingmi, masalan qaysi taomni yoqtirding?-degan savolimizga Anna turli cho’zmalar, kabob, asosan iskandar qabobni, muzqaymoqli paxlava shirinligini yoqtirganini aytdi.
Shorena esa, shirinliklarni va dukkakli don mahsulotlaridan tayyorlangan kotletni juda sevib iste’mol qilishini aytdi.
Sizningcha yoshlarning Yevropa ko’ngilli xizmati loyihasida xizmat qilishining sababi nimada deb o’ylaysiz? Degan savolimizga esa ular shunday javob berdilar.
“Avvalombor xorijga borish uchun eng yaxshi fursatlardan biri. Oziq-ovqat turar-joying bepul bo’ladi va ingliz tilini o’rganish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Albatta boshqa tillarni ham o’rganish uchun katta fursatdir”-deydi Anna va Shorena.
Bizni Facebook TRT Horizon sahifasidan kuzatib borishingiz mumkin. Dasturimiz haqidagi fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar