O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovni xotirlab...

O’zbekiston  Prezidenti Islom Karimovning janozasi ota-onasining qabri bo’lgan Shohi zinda qabristoniga dafn qilindi.

565416
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovni xotirlab...

Registon  Kulliyasidagi Tilla Qori masjidida  o’qilgan janoza namoziga ming kishi ishtirok etdi.

O’zbekiston  Prezidenti Islom Karimovning janozasi ota-onasining qabri bo’lgan Shohi zinda qabristoniga dafn qilindi.

Dafn marosiming ortidan, Samarqanddagi Prezidentlik rezidentida Karimovning xotirasiga marosim uyushtirildi.  Karimovning  katta bir fotosurati  ham mavjud bo’lgan marosimga qatnashgan xorijiy o’lkalarning davlat prezidentlari, Bosh vaziri va yoqari martabali boshqaruvchilari, Karimovning oilasiga va hukumat ramiylariga o’z ta’ziya  va hamdardliklarini bildirdi.

Marosimda so’zga chiqqan  Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev ,Karimov juda qiyin davrda o’lkani favqulodda ravishda muvaffaqiyat bilan boshqarib o’zlariga juda yaxshi bir o’lka qoldirdi, uning xotirasini hech qachon unutmaymiz deb  bayonot berdi.

Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani, Tojikiston Prezidenti Imomali  Rahman, Turkmaniston Prezidenti Gurbanali  Berdimuhammadov va Rossiya  Bosh vazir  Dimitiri Medvedev marosimda   bayonotlar berib, Karimovning oilasi  va O’zbekiston xalqiga  o’z  ta’ziyalarini  bildirdi.

Janoza marosimida Turkiyani Bosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh  namoyandalik qilib , Karimov oilasi va O’zbekiston boshqaruviga o’z ta’ziya va hamdardligini  bildirdi.

O’zbekistonni 27 yil boshqardi.

O’zbekistonni  1989- yilidan e’tiboran 27 yildan beri  boshqarib Kelgan  Karimov, 1938- yili  yanvar oyida Samarqandda dunyoga  keldi.

1960- yilida  O’rta osiyo Politexnika institutidan, 1967- yili esa Toshkent iqtisodiyot nomidagi Universitetni bitirgan Karimov,  ish faoliyatiga  1960- yilida Toshkent qishloq xo’jalik jihozlari fabrikasida boshladi. 1961- 1966 yillarida Toshkent samolyot fabrikasida,  keyin  O'zbekistonda davlat rejalash tashkiloti tashkilotida faoliyatini davom ettirgan Karimov, 1983- yilida Moliya vaziri etib tayinlandi.

1986- yilida O’zbekiston Sovet Sotsialist Respublikasi Vazirlar  kengashi rais o’rinbosari etib tayinlangan Karimov, ayni yil Qashqadaryo viloyatida yoqari martabali boshqaruvchi bo’lib vazifa bajardi.   

1989- yili iyun  oyida O’zbekiston Sovet ittifoqi kommunist partiyasi lideri vazifasini o’z zimmasiga olgan Karimov, 1990- yili 24- martida O’zbekiston SSR oliy kengashi yig’ilishi Prezident etib saylandi.

O’zbekiston, 1991- yili 31-Avgustida o’z mustaqilligini e’lon qildi va Karimov, 1991- yili 29- dekabrida o’tkazilgan saylovda g’alaba qozonib o’lkaning dastlabki prezidenti  etib saylandi.  

Karimov, 1995-  26- martida  o’tkazilgan referendum bilan vazifasini 2000- yiligacha uzatdi.  

Bu yil o’tkazilgan saylovda esa yangidan 7 yil muddati bilan prezident etib saylandi.

2007- yili saylovida g’alaba qozongan  Karimov, 2015-  yili 29 - martida o’tkazilgan saylovda 90,39 foiz nisbatida ovoz olib lavozimiga davom etdi. Karimovning Gulnora va  Lola nomli ikki qiz farzandi bor.

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Islom Karimov , #Vafot , #Samarqand

Aloqador xabarlar