Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda
Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, 22 - 23 may kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘ladi.
2142559
![Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/55b7/e058/899e/664d8cdac7613.jpg?time=1718786695)
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda.
Numan Kurtulmushni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov, Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Kurtulmush ushbu tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashadi.
Kurtulmushni, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qabul qiladi.