TRT Radio


İlmiy va texnologik yangiliklarning mamlakatimizga kech kirib kelganligidan nola qilamiz. Xolbuki radio xizmati jihatidan bu holat umuman farqlidir. Turk jamiyatining radio hayoti 1927 yilning 6 may kuni boshlandi. 1964 yilning 1 may kuni TRTning tashkil topishi bilan katta e’tibor qozondi.

Bugungi kunda TRT Radiolari jamoatchilik mas’uliyati, betaraf va ma’lum bir tamoyilga asoslangan xizmat tushunchasi, to’g’ri va mazmunli tili, xabar, bilim, ta’lim, madaniyat, musiqa, dam olish dasturlari bilan mamlakatning har burchagiga va jamiyatning har tabaqasiga hitob qilmoqda.

TRT Turkiya Radiolari; Radio-1, Radio-2 (TRT FM), Radio-3, Radio-4, 5-Mintaqa Radiosi (Antaliya, Chukuruva, GAP-Diyarbakir, Erzurum, Trabzon), Turk san’at musiqasi shaydolari uchun TRT Nag’ma, TRT Xalq qo’shiqlari, TRT Radio Xabar Kanali va xalqaro radio kanallari Turkiya ovozi radiosi (32 til) va Yevropa FM bilan radiochilik sohasida Turkiyada va butun dunyoda faol o’rin egallamoqda.

 

Radio-1; Ta’lim, madaniyat xabar kanali…

Bu radio kanali bilim olishga va o’rganishga intilgan barcha tinglovchilar uchun 24 soat mobaynida uzluksiz eshittirish olib boradi. Yuzlarcha stereo to’lqinlari bilan butun Turkiyaga qolaversa sun’iy yo’ldosh va internet orqali esa butun dunyoga eshittirish olib boradi. Bilim, san’at, adabiyot, teatr, sport, atrof-muhit, iqtisodiyot va dam olish dasturlari…Hayotga doir barcha yangiliklar…To’g’ri, betaraf, tezkor xabar bilan ta’minlaydi.

TRT Radio  1927 yildan kunimizgacha…

 

Radio-2 (TRT FM);TRT uslubi bilan TRT sifati bilan har kuni 24 soat mobaynida muhlislari bilan birga. Jonli, quvnoq, jarangdor… Radioda berilgan qo’shiqlar asosan muhlislarning istaklariga ko’ra chalinadi. Yuzlarcha stereo to’lqinlari bilan Turkiyaning 99.9% maydoniga yetib boradi. Sun’iy yo’ldosh va internet orqali esa butun dunyoga eshittirish olib boradi. Hatto muhlislarning sirdoshi, do’sti va hamrohiga aylangan. 

TRT FM uzoqni yaqin qilgan radio.

 

Radio-3;  Elvis Presley, Joan Baez, Frank Sinatra, Chaykovskiy, Motsart, Sara Vaughan kabi dunyo bo’ylab taniqli san’atkorlarning qo’shiqlaridan armug’on etgan va klassika bilan zamonaviy musiqani birlashtirgan radiodir. TRT sifati bilan 24 soat stereo eshittirish olib boradi. Butun Turkiyada va dunyoda sun’iy yo’ldosh va internet orqali tinglash mumkin.

 

Radio-4;  Ana’naviy san’at va xalq musiqasining makoni bu radioda. Soz kuylari, sevgi to’la qo’shiqlar, turli maqomlar, Anadoluga xos xalq qo’shiqlarini bu radioda tinglashingiz mumkin. O’tmishdagi usta san’atkorlar va bugungi zamonaviy soz ustalaridan namunalar beriladi. TRT sifati bilan har kuni 24 soat mobaynida eshittirish olib boradi. Bu radioni butun Turkiyada sun’iy yo’ldosh va internet orqali tinglash mumkin.

 

TRT Xalq qo’shig’i (TRT Türkü); 2009 yilning 1 iyul kuni o’z faoliyatlarini boshlagan TRT Xalq qo’shig’i radio kanali FM to’lqinlari, internet va sun’iy yo’ldosh orqali xalq qo’shiq shaydolariga mo’ljallangan dasturlarni olib boradi. Tinglovchilarning turk xalq qo’shig’iga bo’lgan e’tiborini va sevgisini yanada orttirish maqsadida faoliyat ko’rsatgan bu radio kanali me’rosimiz bo’lgan xalq musiqasiga juda katta o’rin beradi. Qolaversa xalq madaniyatining aks ettirilishiga va keng tarqalishiga o’z hissasini qo’shadi.

 

TRT Nag’ma2009- yilida eshittirish faoliyatiga boshlab FM radio  stansiyalaridan, internet va sunniy yo’ldosh orqali Turk San’at Musiqasi efirga uzatib kelmoqda. TRT Nag’ma o’z eshittirishlarini 24 soat to’xtovsiz Turk San’at Musiqasi  taqdim etib kelmoqda. TRT Arxividan tanlangan asarlar va yangi chiqgan Turk San’at Musiqasilarini tanlab TRT sifatiga mos ravishda TRT Nag’mada efirga uzatilmoqda.

 

TRT Radio Xabaresa Turkiya va dunyoda sodir bo’layotgan yangiliklarni, TRT 1, TRT Turk va TRT Xabar telvidenya kanallaridagi xabar dasturlarini navbati bilan va ayni vaqtda efirga uzatmoqda. Xabarlarni, TRT farqi bilan radio tinglovchilariga FM stansiyalaridan, internet va sunniy yo’ldosh orqali eshittirish olib borayotgan TRT Radio Xabarda o’rin berilmoqda.

 

Turkiya Ovozi Radiosiqisqa to’lqin Anqara Radiosidan tutib Turkiya Ovozi Radiosigacha, 70 yildan ortiq bir muddatdab buyon Turkiyaning  Ovozi bo’lib butun dunyoda, Xabar- Sport, Madaniy-Ma’rifiy, Musiqa- Ko’ngil Ochish dasturlari, Turkiya Ovozi Radiosi yordamida chet- elda istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz va urug’doshlarimizni Turkiya va Turk madaniyati bilan uzilmagan aloqa tarmog’i vazifasini olib borib, ularning muammolariga yechim topib va yaxshi - yomon kunlarining sherigi bo’lib klemoqda… Radio, Qisqa to’lqin, suniy yo’ldosh va internetda… 24 soat uzluksiz eshittirish faoliyati olib bormoqda. Dunyoning qayerida bo’lsangiz bo’ling.. Turkiyaning  Ovozini eshitib boring.

 

Radio-6, O’lkamizda birlik va birdamlikga hissa qo’shishni maqsad qilib olgan bir radio kanalidir, zamonaviy eshittirish dastur va uslubi bilan har yoshdan tinglovchiga  xitob qilib kelgan  Kurtcha Radio kanalidir.. 2009 yili 1- Mayda eshittirishga boshlagan Radio 6, Janubiy Sharqiy Onodo’liga qarata eshittirish faoliyati olib bormoqda. Mintaqa xalqi bilan davlat o’rtasidagi aloqani mustahkamlashtir ekan Turkiyaning xalqaro aloqalariga ham ijobiy hissa qo’shib kelmoqda.

 

TRT Yevropa FM… Turkiyaning yana bir Ovoz, hisoblanmoqda…  hayotmizda ba’zan  tabassum qildirayotgan lahazalarini, Turkiyadan Ko’chish mojarolarini, yurtdoshlarimizning muvaffaqiyat hikoyalari, o’lkamizning qadriyatlari, “biz bizga o’xshaymiz” ahvolimiz va yana ko’proq musiqa… Yoshlar va yosh qolishga davom etganlar uchun musiqa va suhbatlarni, TRT Yevropa IMF dan tinglangan… TRT Yevrop FM, İnternet, sunniy yo’ldosh  va kabel tarmog’ida, hafta chida har kun Turkiya Soati bilan 09.00-18.00 o’rtasida efirga uzatilmoqda… xohlagan musiqani tinglash, sevgan kishilarga  armug’on qilish yoki tuyg’u tushunchalaringizni bahamlashish imkoniyati TRT Yevropa FM da mavjud bo’lib sunniy yo’ldosh, internet orqali tinglashingiz mumkin…