Kurtulmush Mirziyoyev rahbarligida yoʻlga qoʻyilayotgan islohotlarni yuqori baholadi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush, Toshkentda, Nuriddin Ismoilov va Tanzila Narbayeva bilan uchrashdi.

2143048
Kurtulmush Mirziyoyev rahbarligida yoʻlga qoʻyilayotgan islohotlarni yuqori baholadi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan Toshkentga borar ekan, u yerda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov bilan uchrashdi.

Numan Kurtulmush mazkur uchrashuvda, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangi Oʻzbekistonda barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlar yoʻlga qoʻyilgani va uni yuquri baholashini bildirdi. Bu jarayon yakunida ilm – fan, sanʼat, adabiyot va madaniyat sohasida katta yutuqqa erishilishidan umidvor ekanligini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Turkiya bilan O‘zbekiston munosabati a’lo darajada ekanini ifoda etgan Kurtulmush, ikki davlat rahbarlarining o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida ekaniga e’tibor qaratdi.

Turk dunyosi sifatida Markaziy Osiyodan Anado‘lu va Bolqon yarim oroliga qadar yoyilgan geografiyada aloqalarni do‘stlik va qardoshlik asosida mustahkamlash zarurligini ta’kidlagan Kurtulmush, buning, dunyo tinchligi jihatidan ham katta imkoniyat bo‘lishini ta’kidladi.

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni yana – da orttirib, Turk dunyosi rivojiga hissa qo‘shishlarini ifoda etgan Kurtulmush, hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun parlamentlararo hamkorlikka alohida ahamiyat berganliklarini qayd etdi.

Ko‘p tomonlama munosabatlarda ham mushtarak harakat qilish zarurligini aytib oʻtgan Kurtulmush, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Turkiy davlatlar tashkiloti tarkibida kuzatuvchi davlat maqomini olishi uchun O‘zbekiston Oliy majlisi yordamini kutayotganliklarini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov esa, Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yildan - yilga har sohada mustahkamlanib borayotganidan xursand ekanliklarini, shuningdek, munosabatlarning yana – da rivojlanishi uchun parlamentlar hamkorligiga ham e’tibor berganliklarini ta’kidladi.

TBMM raisi Numan Kurtulmush, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashdi.

Kurtulmush bilan Narbayeva, ikki davlat parlamentlari o‘rtasida hamkorlik protokoli tayyorlash borasida kelishib oldi.



Aloqador xabarlar