Shavkat Mirziyoyev bugun Numan Kurtulmushni qabul qildi

Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda.

2142986
Shavkat Mirziyoyev bugun Numan Kurtulmushni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 - may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga borgan Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi hay’atni qabul qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra mazkur qabulda, Numan Kurtulmush eng avvalo O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning samimiy salomi bilan eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Keyin esa, O‘zbekiston - Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi yuksak bosqichi, barcha darajada faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Qayd etilishicha Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari o‘smoqda. Qo‘shma loyihalar va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. Ikki mamlakatda qo‘shma madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston va Turkiya qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston - Turkiya hamkorligi kun tartibini shakllantirishda va oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashda do‘stlik guruhlari va tegishli qo‘mitalarning faol ishtiroki muhim ekani ta’kidlandi.

Investitsiya dasturlarini ilgari surish, turizm, ishbilarmonlik va ta’lim almashinuvlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro tuzilmalar, xususan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi parlamentlararo hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar