Rossiya Ukrainaning Qrim hududiga kirish tashabbusiga monelik qilinganini bildirdi

Ukraina askarlarining kechasi Qrimga kirishga harakat qilgani bildirildi.

2046052
Rossiya Ukrainaning Qrim hududiga kirish tashabbusiga monelik qilinganini bildirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari desant boʻlinmasining Qrim hududiga kirish tashabbusiga monelik qilinganini bildirdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Ukraina askarlarining kechasi Qrimga kirishga harakat qilgani bildirildi.

Bayonotda, Qora dengizning shimoli - g‘arbidagi Tarxankut burni tomon yoʻl olgan Ukraina qurolli kuchlari desant bo‘linmasi Qrim hududiga kirishga uringani va Rossiya harbiy - havo kuchlariga oid samolyotlar, tezkor harbiy qayiqlar va 3 ta dengiz mototsikl mazkur voqeaga toʻsiqlik qilgani ifoda etildi.

Ukraina kechasi Rossiya hududidagi obyektlarga insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirishga uringani haqida aytilgan bayonotda, havo mudofaa tizimlari tomonidan Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlari havo sohalarida Ukrainaga oid 31 ta insonsiz havo vositasi aniqlanib, ularning hammasi yoʻq qilingani qayd etildi.



Aloqador xabarlar