Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil kuchlari 207 kundan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqda.

2133756
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil, 2023 - yilning 7 – oktabridan beri G‘azoga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirmoqda.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida bayonot berildi. Unda, G‘azo sektoriga qarshi oxirgi 24 soat ichida yana 5 marotaba hujum uyushtirilgani, oqibatida falastinlik yana 47 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 61 kishi esa tan jarohati olgani ma’lum qilindi.

Bayonotda, shuningdek, 207 kundan beri davom etayotgan hujumlar tufayli halok bo‘lganlar soni 34 ming 535 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 77 ming 704 nafarga yetganiga e’tibor qaratildi.


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #falastinliklar , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar