Zelenskiyning vakolat muddati tugashi harbiy operatsiyaga ta’sir qilmaydi

Rossiya prezidenti saroyi (Kreml) matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati tugashi “maxsus harbiy operatsiya”ga ta’sir qilmaydi.

2141774

Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga dolzarb mavzularda bayonot berdi.

Ukraina prezidenti Zelenskiyning vakolat muddati tugashi, Rossiyaning  Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”ga ta’sir qiladimi, degan savolga javob berar ekan, Peskov: “Yo‘q, maxsus harbiy operatsiya davom etmoqda”, dedi u.

Ukraina armiyasining Rossiyaning ba'zi shaharlariga hujum uyushtirganiga diqqat qaratgan Peskov, shu sababdan Rossiya armiyasining Ukrainada xavfsizlik zonasi yaratishda davom etganini bildirdi.

2019-yilda Ukrainada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Zelenskiyning 5 yillik vakolat muddati bugundan boshlab tugaydi.

31-mart kuni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan prezidentlik saylovlari Rossiya bilan urush boshlanganidan keyin 2022-yil 24-fevralda eʼlon qilingan harbiy holatning davom etishi sababli bekor qilingan edi.

Aloqador xabarlar