Meksika janubida sodir bo'lgan YTHda 18 yo'lovchi halok bo‘ldi

San-Luis-de-la-Pas shahridan yo‘lga chiqqan avtobus Meksika shtatidagi Kapulin-Chalma trassasida ag‘darilib ketdi.

2133548
Meksika janubida sodir bo'lgan YTHda 18 yo'lovchi halok bo‘ldi

 

Meksika janubida avtobusning ag‘darilishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohat oldi.

San-Luis-de-la-Pas shahridan yo‘lga chiqqan avtobus Meksika shtatidagi Kapulin-Chalma trassasida ag‘darilib ketdi.

Hodisa oqibatida 18 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 32 kishi jarohat olgan. Vayronaga aylangan avtobusda qolib ketganlarni olib tashlash uchun voqea joyiga ko‘p sonli o‘t o‘chiruvchilar jo‘natilgan.

Yaralanganlar mintaqadagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat avtobusning tormozi ishlamay qolgani sababli sodir bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Meksika

Aloqador xabarlar