Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 harbiy halok bo'ldi

Mamlakat shimolidagi Bolivar maʼmuriy viloyatining Guaraperiya qishlogʻi hududida halokatga uchragan MI-17 HK3395 raqamli harbiy vertolyotda 1 general va 8 askar bo'lgan.

2133542
Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 harbiy halok bo'ldi

 

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 nafar harbiy halok bo'ldi.

Mamlakat shimolidagi Bolivar maʼmuriy viloyatining Guaraperiya qishlogʻi hududida halokatga uchragan MI-17 HK3395 raqamli harbiy vertolyotda 1 general va 8 askar bo'lgan.

Prezident Gustavo Petro o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qilgan bayonotida, halok bo'lgan askarlar uchun chuqur qayg'uda ekanligini aytdi.

Harbiy vertolyotning "Clan del Golfo" deb nomlangan narkotik va harbiylashtirilgan tashkilotga qarshi operatsiyada qatnashgani ma'lum qilindi.

Voqea yuzasidan tergov boshlangani bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Kolumbiya

Aloqador xabarlar