Rossiya “Finval-2023” deb nomlangan harbiy mashg‘ulot boshlatdi

Rossiya Mudofaa vazirligi “Finval-2023” deb nomlangan harbiy mashg‘ulot boshlatdi.

2039292
Rossiya “Finval-2023” deb nomlangan harbiy mashg‘ulot boshlatdi

Rossiya Mudofaa vazirligi, mamlakat shimoli-sharqida “Finval-2023” deb nomlangan harbiy mashg‘ulotlar boshlanganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Rossiya Harbiy - dengiz kuchlari qo‘mondoni Nikolay Yevmenov yetakchiligida uyushtirilgan ushbu mashg‘ulot Shimoliy dengiz yo‘lini himoya qilishga qaratilgani qayd etildi.

Taʼkidlanishicha taktik oʻquv mashgʻulotlari Bering dengizi, Chukotka qirgʻoqlari va yarim orolda oʻtkazilmoqda va unda 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda. Shuningdek, 50 nafardan ortiq harbiy texnika, jumladan, kemalar, suv osti kemalari, samolyotlar, vertolyotlar hamda qirg‘oq raketa tizimlaridan foydalanilmoqda.

Bayonotda, “Mashg‘ulotlarning barcha qismlari mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, Rossiyaning shimoli - sharqiy chegaralaridagi operatsiyalar uchun kuch va qo‘shinlarni tayyorlashni ko‘zlamoqda”, — degan ifodalarga o‘rin berildi.

“Finval-2023” mashg‘ulotlari qachon yakunlanishi haqida ma’lumot berilmagan.



Aloqador xabarlar