G7 davlatlari Rossiya tomonidan Ukraina hududida o'tkazilgan saylovni qoraladi

"Biz Ukraina suveren hududidagi Donetsk, Lugansk, Zaporijya va Xerson shaharlarida Rossiya tomonidan uyushtirilgan soxta saylovlarni so‘zsiz qoralaymiz”,-deyiladi bayonotda.

2037480
G7 davlatlari Rossiya tomonidan Ukraina hududida o'tkazilgan saylovni qoraladi

 

G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari Ukrainada Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Donetsk, Lugansk, Zaporijya va Xersonda hafta oxirida o'tkazilgan saylovlarni qoraladi.

Bu haqda G7 tashqi ishlar vazirlari tomonidan saylovlar bilan bog'liq berilgan yozma bayonotda qayd etildi.

"Biz Ukraina suveren hududidagi Donetsk, Lugansk, Zaporijya va Xerson shaharlarida Rossiya tomonidan uyushtirilgan soxta saylovlarni so‘zsiz qoralaymiz”,-deyiladi bayonotda. 

Ushbu saylovlar Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga zid ekaniga diqqat qaratildi.

"Rossiya Ukraina hududida bunday harakatni amalga oshirish uchun hech qanday qonuniy asosga ega emas. Bu soxta saylovlar Rossiyaning Ukraina hududini bosib olishini qonuniylashtirishga qaratilgan tashviqot harakatlaridir",-deyiladi bayonotda.

Bayonotda, Rossiyaning Ukraina yerlarida haq talab qilishi hech qachon qabul qilinmasligi, saylovlar G7 ning Rossiyaga munosabatiga hech qanday ta'sir ko'rsatmasligi ta'kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #G7

Aloqador xabarlar