Shveytsariyada Erdo'g'an va turk bayrog'iga qarshi provokatsiya uyushtirildi

Tsyurixdagi UBS banki oldida "Tsyurix inqilobiy zarbalar jamoasi" deb nomlangan guruh tomonidan Prezident Erdo'g'anga o'xshatilgan qo'g'irchoq va Turk bayrog'i yoqib yuborildi.

1999884
Shveytsariyada Erdo'g'an va turk bayrog'iga qarshi provokatsiya uyushtirildi

 

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'an va Turk bayrog'ini nishonga olgan provokatsiyalar uyushtirildi.

Tsyurixdagi UBS banki oldida "Tsyurix inqilobiy zarbalar jamoasi" deb nomlangan guruh tomonidan Prezident Erdo'g'anga o'xshatilgan qo'g'irchoq va Turk bayrog'i yoqib yuborildi.

Shveytsariya bo'ylab minglab kishilar tomonidan uyushtirilgan "Feministlar ish tashlashi"ga singib ketgan guruh, bank oldidagi provokatsiyalar oldidan "Erdog'anni o'ldir" deb yozilgan banner ham ochdi.

Banner va qo‘g‘irchoqni Instagram’dagi sahifalarida ham namoyish qilgan guruh Twitter’da qo‘g‘irchoqning yonayotgan tasviri aks ettiruvchi videoni joylashtirdi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Shveytsariya politsiyasi bu harakat haqida ma’lumoti yo’qligini va ruxsat etilmagani haqida bahs yuritgan.

Turkiyaning Berndagi elchixonasi va Tsyurixdagi Bosh konsulligining provokatsiya bilan bog'liq Shveytsariya federal organlariga murojaati davom etmoqda.

2017-yilning 25-mart kuni Shveytsariya poytaxti Bern shahridagi Federal parlament binosi oldida o‘tkazilgan mitingda Erdo'g'anning boshiga qurol ko'targan surati va ostida “Erdog'anni o'ldiring o'z qurollari bilan" degan yozuv osilgandi.

Bannerni ochgan namoyishchilarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi va 2022-yil 18-yanvarda boshlangan sud ishida sudya 9-mart kuni 4 nafar sudlanuvchiga nisbatan oqlov hukmini chiqargandi.

Avgust oyida Bern Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Bern tuman sudidagi ish bo'yicha oqlov qaroriga e'tiroz bildirish orqali Oliy sudga apellyatsiya qilinganini e'lon qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya , #Shveytsariya

Aloqador xabarlar