AQSh, Eronning 3 kompaniyasi va ikkita yuk kompaniyasini sanksiyalar ro'yxatiga kiritdi

AQSh, Eronning 3 kompaniyasi va ikkita yuk kompaniyasini Rossiya Ukraina urushida foydalangani  uchun Erondan sotib olgan kamikadze uchuvchisiz havo vositalarini (PUA) ishlab chiqarish va uzatishi tufayli  sanktsiyalar ro'yxatiga kiritdi.

1906890
AQSh, Eronning 3 kompaniyasi va ikkita yuk kompaniyasini sanksiyalar ro'yxatiga kiritdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken Eronning 3 kompaniyasi va ikkita yuk kompaniyasini Rossiya Ukraina urushida foydalangani  uchun Erondan sotib olgan kamikadze uchuvchisiz havo vositalarini (PUA) ishlab chiqarish va uzatishi tufayli  sanktsiyalar ro'yxatiga kiritdi.

Blinken yozma bayonotida,

“Bugun biz Eronning Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qoʻllab-quvvatlagani, jumladan Tehronning fuqarolik infratuzilmasi va Moskva tomonidan shaharlarga zarba berishda foydalanilgan uchuvchisiz  vositalarini  yetkazib berishiga javoban sanksiyalar kiritmoqdamiz”. deya ifoda etdi.

Tashqi ishlar vazirligi va Xazinachilik  birgalikda sanksiya qarorini qabul qilganini ifoda etgan Blinken, Eron tomonidan Rossiyaga yetkazib berilgan uchuvchisiz uchoqlarni ishlab chiqargan va yetkazib bergan Eronning 3 shirkatining ham sanksiya ro’yxatiga kiritilganini qayd etdi.

Blinken, sanksiya roʻyxatidagi uch tashkilot, jumladan Eron Inqilobiy gvardiyasi Aerokosmik kuchlari, Mohajer-6 PUAlarini ishlab chiqarayotgan  Kuds Aerospace Industries va Rossiya kuchlari Kiyev, Odessa va yaqindagi hujumlarda foydalangan Shahed-136 kamikadze. Xarkov viloyatlarida ishlatilgan,  "Shahed" aviatsiya sanoati tadqiqot markazi ham  o’rin olmoqda.

Eron dronlarini ishlatuvchi Rossiya xususiy xavfsizlik shirkati Vagnerga ham sanksiya qo'yganliklarini ifoda etgan Blinken, sanktsiyalarga Eronning uchuvchisiz uchoqlarini sotishda rol o'ynagan Abbos Juma va Tigran Khristoforovich Srabionov  ham qo'shilganiga diqqat qaratdi.

Blinken, shuningdek, sanktsiyalar qatoriga Eron uchuvchisiz uchoqlarining Rossiyaga o'tkazilishida rol o'ynagan Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) joylashgan Success Aviation Services FZC (Success Aviation) va İ Jet Global DMCC (i Jet) BAA hukumati bilan hamkorligida kompaniyalarini ham qo'shganliklarini bildirdi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hamkorlik , #Rossiya , #Sanksiya , #Eron , #AQSh

Aloqador xabarlar