Tanzaniya va Ugandada ebola epidemiyasiga qarshi favqulodda holat e'lon qilindi

Ugandada hozirgacha Ebola tufayli 23 kishi vafot etgan, kasallanganlar soni esa 36 taga yetgan. Epidemiya xavfiga qarshi Keniya va Ruanda kabi davlatlar ham chegaralardagi choralarni kuchaytirdi.

1886064
Tanzaniya va Ugandada ebola epidemiyasiga qarshi favqulodda holat e'lon qilindi

 

Tanzaniyaga qo'shni mamlakat Ugandada boshlanib, 23 kishining hayotiga zomin bo'lgan Ebola virusi epidemiyasidan keyin besh davlatda ogohlantirish e'lon qilindi.

Tanzaniya Sog'liqni saqlash vaziri Ummi Mvalimu, epidemiya xavfi eng yuqori bo'lgan 5 ta hudud aniqlanganligini va epidemiyaga qarshi kurashish uchun tayyorgarliklar boshlanganligini bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, Kagera, Mvanza, Mara, Geita va Kigoma viloyatlarida favqulodda holat e'lon qilingan, qo'shni davlatlar bilan chegaradosh shaharlardagi aeroportlar va avtobus bekatlarida tekshiruvlar kuchaytirilgan.

Ugandada hozirgacha Ebola tufayli 23 kishi vafot etgan, kasallanganlar soni esa 36 taga yetgan.

Epidemiya xavfiga qarshi Keniya va Ruanda kabi davlatlar ham chegaralardagi choralarni kuchaytirdi.


Tanlangan kalimalar: #ebola , #Uganda , #Tanzaniya

Aloqador xabarlar