JSST xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan Somaliga yordam berishga chaqirdi

Jeyms Elder, Somalidagi oziq-ovqat inqirozi haqida bayonot berdi.

1879882
JSST xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan Somaliga yordam berishga chaqirdi

Somalida oziq-ovqat tanqisligi tufayli 500 ming bola o‘lim xavfi ostida qolgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Matbuot kotibi Jeyms Elder, mamlakatdagi oziq-ovqat inqirozi haqida bayonot berdi.

Jeyms Elder, Somalidagi oziq-ovqat inqirozining 500 ming bolani o‘lim xavfi ostida qoldirayotganiga e’tibor qaratdi.

Somalida 2011-yili qayd etilgan oziq-ovqat inqirozida 340 ming bolaning oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekkanini ma’lum qilgan Elder, bu yilgi oziq-ovqat inqirozini:

“Bu asrda biz ko‘rmagan dahshatli tush”-deb baholadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Somalining 80 foizi qattiq qurg‘oqchilik bilan kurashmoqda.

Somali hukumati avj olgan qurg‘oqchilik tufayli 23-noyabrni butun yurtda, “favqulodda holat” deb e’lon qilgandi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Somalidagi gumanitar inqiroz uchun xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan yordam berishga chaqirdi.



Aloqador xabarlar