Meksikada jinoiy tashkilotga qarshi operatsiya uyushtirildi

Meksikada xavfsizlik kuchlari tomonidan uyushtirilgan  operatsiya natijasida  jinoyat tashkilotining 164 a'zosi qo'lga olindi, ko'plab qurol va transport vositalari ham musodara qilindi.

1867693

Meksikaning Michoacan shtatida joylashgan Tiamba shaharchasi "Pueblos Unidos" qurolli jinoiy tashkiloti a'zolari tomonidan 28 mashinalik karvon bilan qamal qilingani ma'lum bo'lgach, xavfsizlik kuchlari mintaqada operatsiya boshlatdi.

Michoacan shtat jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan  berilgan  bayonotda, Xavfsizlik vaziri general Xose Alfredo Ortega boshchiligidagi va shtat fuqarolik gvardiyasi  birgalikda  amalga oshirgan operatsiya natijasida , shaharni qamal qilgan 164 nafar jinoiy to'da a'zosi qo'lga olinib, sud organlariga topshirildi.

Bayonotda, 142 ta miltiq, 44 ta to'pponcha, ko'p sonli o'q-dori va biri zirhli bo'lib  28 ta mashina  ham qo'lga olingani bildirildi.

Tanlangan kalimalar: #Operatsiya , #jinoiy tashkilot , #Meksika

Aloqador xabarlar