Ispaniya o'rmon yong'inlariga qarshi kurashmoqda

Aragon mahalliy hukumati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Saragosaning Anon de Monkayo ​​tumanida 13 avgust kuni boshlangan o'rmon yong'inlari kuchli shamol va jazirama issiq ta'sirida tarqalishda davom etgan.

1867749
Ispaniya o'rmon yong'inlariga qarshi kurashmoqda

 

Ispaniyaning shimoli-g'arbida joylashgan Aragon hududida o'rmon yong'inlari davom etmoqda.

Yong'inlar tufayli 1300 kishi evakuatsiya qilingani ma'lum qilindi.

Aragon mahalliy hukumati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Saragosaning Anon de Monkayo ​​tumanida 13 avgust kuni boshlangan o'rmon yong'inlari kuchli shamol va jazirama issiq ta'sirida tarqalishda davom etgan.

Yong'in tufayli 8 ta aholi punktida qariyb 1300 kishi evakuatsiya qilingan.

Ma’lum qilinishicha, uchta hududni qamrab olgan yong‘in 8 ming gektar maydonga zarar yetkazgan. 4 ta yo‘lda transport qatnovi to'xtatilgan.

300 kishilik guruh, jumladan, askarlar ham yong'inni o'chirishda ishtirok etmoqda.

Ispaniyada joriy yil boshidan beri yuz bergan 7 mingdan ortiq yong'inda 240 ming gektar maydon yonib kulga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Ispaniya

Aloqador xabarlar