Magdalena Andersson:"Turkiya bilan hamkorlikni oshirish tarafdorimiz"

NATO uchun Turkiya bilan muzokara olib borish istagini tilga olgan Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson, "Shvetsiyaning Turkiya bilan NATO doirasidagi hamkorligini oshirishini istaymiz",-dedi.

1828815
Magdalena Andersson:"Turkiya bilan hamkorlikni oshirish tarafdorimiz"

 

Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson mamlakati NATO doirasida Turkiya bilan hamkorlikni oshirish tarafdori ekanini bildirdi.

Magdalena Andersson rasmiy uchrashuvlar o'tkazish uchun Stokgolmga tashrif buyurgan Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo bilan uchrashdi. Shundan so‘ng ikki yetakchi matbuot anjumani o‘tkazdi.

NATO uchun Turkiya bilan muzokara olib borish istagini tilga olgan Andersson, "Shvetsiyaning Turkiya bilan NATO doirasidagi hamkorligini oshirishini istaymiz. Shvetsiya ham NATO va Yevropa Ittifoqi kabi har qanday terrorizmga qarshi kurashish tarafdori. Mavjud savol ishoralarini Turkiya bilan muhokama qilishga va hal qilishga tayyormiz",-dedi.

U Turkiyaga tashrif buyurishiga ham tayyor ekanligini ifoda etdi.

Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo Turkiyaning Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishiga qarshi chiqishidan hayratda qolganligini va Anqara bilan muzokaraga tayyor ekanligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Finlyandiya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar