Afg‘onistonda harbiy bo‘limga qarshi bombali hujum uyushtirildi

Afg‘onistonda harbiy bo‘limga qarshi bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi.

1542150
Afg‘onistonda harbiy bo‘limga qarshi bombali hujum uyushtirildi

Afg‘onistonning G‘azna viloyatida harbiy bo‘limga qarshi bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi. Ushbu hujum oqibatida 3 askar halok bo‘ldi.

G‘azna shahar hokimligi Matbuot xizmati kotibi Vahidulloh Jumazodah hujumchining, bomba yuklangan mashina orqali G‘aznaning Molla Nuh Bobo mintaqasidagi harbiy bo‘limni nishonga olganini qayd etdi.

Jumazodah, hujumda uch askarning halok bo‘lganini va ikki askarning tan jarohati olganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Hujumni hali hanuz hech kim bo‘yniga olmadi.



Aloqador xabarlar