Donald Tramp Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro bilan muloqot qildi

Ikki yetakchi suhbat chog’ida dunyoga tahdid solayotgan yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusga qarshi chora tadbirlarni kuchaytirish, pandemiyaga qarshi hamkorlikda xalqaro kurash olib borishga kelishib oldilar.

1389808
Donald Tramp Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro bilan muloqot qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Oq uydan yozma bayonot berildi.

Bayonotga ko’ra, ikki yetakchi suhbat chog’ida dunyoga tahdid solayotgan yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusga qarshi chora tadbirlarni kuchaytirish, pandemiyaga qarshi hamkorlikda xalqaro kurash olib borishga kelishib oldilar.

“Tramp va Bolsonaro davlatlararo ma’lumot almashish, infektsiyaning tarqalishini oldini olish, chora tadbirlarni kuchaytirish, vaksina ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish va inson hayotini saqlab qolishning ahamiyatiga diqqat qaratdilar”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, global iqtisodiyotning qayta rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish, ish bilan ta’minlash hamda daromad kelishini saqlab qolish jihatidan majburiyatlarni qayta ko’zdan kechirishga kelishib olindi.

“Donald Tramp mamlakatimizga qaytib kelmoqchi bo’lgan amerikaliklarga ko’rsatgan yordamlari uchun Braziliyaga minnatdorlik bildirdi. Ikki davlat munosabatlarining bugungi holatini ijobiy baholadi”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Braziliya , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar