Donald Tramp 19 mart kuni Braziliya davlat rahbari Jair Bolsonaro bilan uchrashadi

Bayonotga ko’ra, ikki yetakchi AQSh-Braziliya o’rtasida mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlik, iqtisodiy siyosat va Venesueladagi siyosiy vaziyatni muhokama qiladi.

1160039
Donald Tramp 19 mart kuni Braziliya davlat rahbari Jair Bolsonaro bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 19 mart kuni Braziliya davlat rahbari Jair Bolsonaro bilan Oq uyda uchrashadi.

Oq uy ma’muriyati bu haqda yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, ikki yetakchi AQSh-Braziliya o’rtasida mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlik, iqtisodiy siyosat va Venesueladagi siyosiy vaziyatni muhokama qiladi.

Shuningdek, Venesuelaga gumanitar yordamlarni olib kirishda Braziliyaning zimmasiga yuklatiladigan vazifalar ham muhokama qilinadi.

“Braziliyalik Tramp” laqabi bilan tanilgan Bolsonaro davlat rahbari etib saylangach, Tramp birinchilardan bo’lib uni g’alabasi bilan tabriklagan edi.

Trampning bu munosabati AQSh jamoatchiligida tanqidlarga sabab bo’lgan edi.

Oxirgi paytlarda ikki davlat o’rtasida munosabatlar sezilarli darajada yaxshilanar ekan, xususan Venesueladagi vaziyat bo’yicha ikki davlat o’rtasidagi yaqin hamkorlik natijalari maroq bilan kutilmoqda.

Eslatma: Braziliya hukumati AQShdan Venesuelaga yuborilgan gumanitar yordamlarni mamlakatga olib kirishga yordam berishini ma’lum qilgandi.

Biroq, Venesuelaga harbiy qo’shin kiritish masalasiga esa aralashmasligini ma’lum qilgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar