YI vaziri O'mer Chelik Zaytun novdasi operatsiyasi haqida mulohaza bildirdi...

YI vaziri O'mer Chelik Zaytun novdasi operatsiyasi noto'g'ri deganlarga javob berdi.

906175
YI vaziri O'mer Chelik Zaytun novdasi operatsiyasi haqida mulohaza bildirdi...

Yevropa Ittifoqi (YI) vaziri va Bosh maslahatchi O'mer Chelik, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jean-Yves Le Drianing, Turkiyaning Zaytun novdasi harbiy operatsiyasi doirasida tinch aholini nishonga olgani va "Xalqaro huquqga rioya qilmagandir" degan so'zlarini tanqid qildi.

Chelik, twitter orqali bergan bayonotida: "Fransiya Tashqi ishlar vaziri Le Drian, Zaytun novdasi harbiy operatsiyasi haqida noto'g'ri ijozot bergandir. Aytishicha: 'Turkiyaning o'z sarhatlarini qo'riqlash tabiiy haqidir. Chegaralarini muhofaza etish tinch aholini o'ldirish ma'nosiga kelmaydi' degan Le Drian, 'Turkiyaning xalqaro huquq qoidalariga rioya qilmaganini' ilgari surmoqda. Turkiya xalqaro huquq qoidalariga ko'ra harakat qilmoqda. Huquqni oyoq osti qilib jinoiy ish sodir etganlar, PYD-YPG terror tashkilotini qurollantirganlardir."

Vazir Chelik, Turiyani tanqid qilganlar terror tashkilotlariga qurol bergan davlatlarga norozichilik ko'rsatmaganini bildirib; "Bizning terrorga qarshi kurashimizga, Turkiyaga qarshi chiqish, kimning tominiga bo'lganidir" deb mulohaza bildirdi.

Chelik, "Do'st va Ittifoqdosh Fransiyaning, Turkiyaning terrorga qarshi kurashda qo'llab-quvvatlashi to'g'ri bo'ladi. Shunday harakat qilishi ittifoqdoshlik va huququga munosib bo'ladi" deb ifoda etdi.



Aloqador xabarlar