Buyuk Britaniya-Rossiya o’rtasidagi siyosiy taranglik davom etmoqda

Buyuk Britaniya dengiz hududidan o’tgan Rossiyaga oid harbiy kema Buyuk Britaniya harbiy kemasi tomonidan kuzatib borildi.

876003
Buyuk Britaniya-Rossiya o’rtasidagi siyosiy taranglik davom etmoqda

Buyuk Britaniya bilan Rossiya o’rtasidagi siyosiy taranglik har sohada o’z aksini topmoqda.

Buyuk Britaniya dengiz hududidan o’tgan Rossiyaga oid harbiy kema Buyuk Britaniya harbiy kemasi tomonidan kuzatib borildi.

Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Shimoliy dengizda kuzatilgan Rossiyaga oid Admiral Gorshkov nomli harbiy kema yaqindan kuzatildi”,-deyiladi bayonotda.

Rojdestvo bayrami arafasida Rossiyaga tegishli harbiy kemalarning harakati avj olgani aniqlandi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Johnsonning 22 dekabrdagi Moskvaga tashrifi chog’ida Rossiyani boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashganlikda ayblagandi.

Bu esa ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga putur yetkazgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Buyuk Britaniya , #Rossiya , #harbiy kema

Aloqador xabarlar